Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Abdurahmonov bo‘yicha tarqalgan gap-so‘zlarga izoh berildi

Shuhrat Abdurahmonov bo‘yicha tarqalgan gap-so‘zlarga izoh berildi

Foto: Xabar.uz

Tarmoqda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga oid gap-so‘zlarga izoh berildi

"Joriy yilning 9-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bloger Ulug‘bek Ashur tomonidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga nisbatan og‘ir va asossiz ayblovlar keltirilgan post joylashtirildi.

Unda bloger “Andijonlik fuqaro ma’lumot berishicha” degan so‘zlar bilan, go‘yoki viloyat hokimi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoiy harakat sodir etgani haqida aytib o‘tgan. 

Andijon viloyati hokimligi ushbu ma’lumotlarni keskin rad etadi. “Fuqaro ma’lumotiga” asoslangan, hech qanday dalilga ega bo‘lmagan bunday postlar shaxs sha’ni, qadr-qimmati va nufuziga ochiqdan-ochiq tajovuzdir", deyiladi hokimlik xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tuhmat va haqoratlarga asos bo‘layotgan manbalar shubhali va noqonuniy bo‘lib, bu holatga huquqiy baho berilishi aytilgan. 

Ayni paytda, Andijon viloyati hokimligi tomonidan ushbu asossiz ma’lumotlarni tarqatganlar va jamoatchilik ongida noto‘g‘ri fikr uyg‘otishga uringan shaxslar yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi. Qonunga muvofiq ravishda ularga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring