Chirchiq transformator zavodi ishchisi poyezd ostida qolib halok bo‘ldi
Chirchiq transformator zavodi ishchisi Sh.K. Chirchiq tumani «Chirchiq-Aranchi» temir bekati 38 km.da Toshkent-Xo‘jakent yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Joriy yilning 16 fevral kuni Chirchiq transformator zavodida mazkur baxtsiz xodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishga taklif etilganlar tomonidan ishchi xizmatchilarga temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, quloqchinlardan foydalanmaslik, temiryo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter