Bugundan «Nasaf» hamda «Sharq» poyezdlari harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi
Bugun, 16 iyun kuni «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli «Nasaf» hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli «Sharq» yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Harakat jadvaliga ko‘ra Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli «Nasaf» poyezdlari har kuni ertalab soat 08:52 da «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan va kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 17:00 da «Qarshi» temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.
Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli «Sharq» poyezdlari esa har kuni ertalab soat 09:15 da «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan hamda kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 16:10 da «Buxoro» temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter