«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasida poyezdlar qatnovi tiklanmoqda
Respublika maxsus qarori bilan ayrim yo‘nalishlardagi xalqaro aviareyslarga ruxsat berilgani ma’lum qilingandi.
Shuningdek, fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi:
Toshkent - Buxoro - Toshkent;
Toshkent - Termiz - Toshkent;
Toshkent - Xiva - Toshkent;
Toshkent - Nukus - Toshkent;
Andijon - Xiva - Andijon;
Andijon - Buxoro - Andijon;
Andijon - Termiz - Andijon.
Bunda, Transport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.
Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda «Afrosiyob» poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda avtotransport vositalarida yolg‘iz harakatlanayotgan haydovchiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ruxsat berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter