Temiryo‘lga tiqilib qolgan «Damas»ni poyezd urib yubordi
Toshkent viloyatidagi Dalaguzar—Nazarbek temiryo‘l kesishmasida «Damas»ni poyezd urib yubordi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, voqea 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Damas haydovchisi taqiqlovchi belgilarga e’tibor bermay, noqulay ob-havo sharoitida temiryo‘lni kesib o‘tishga harakat qilganida avtomashina temiryo‘llarga tiqilib qolgan.
Avtoulov egasi va boshqa haydovchilari mashinani temiryo‘ldan chiqarishga harakat qilgan, ammo buning iloji bo‘lmagan.
Yuk poyezdi mashinisti relsda tiqilib qolgan mashinani ko‘rib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan. Biroq yuk poyezdining tormoz masofasi uzoq bo‘lgani uchun to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan.
Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter