Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozda «layk» yig‘ishni ko‘zlagan ikki bolani kuchli tok urdi 

Chinozda «layk» yig‘ishni ko‘zlagan ikki bolani kuchli tok urdi 

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yuk poyezdi ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat 15:18 da Chinoz bekatida ikki bola — M.I. (2013 yilda tug‘ilgan) va B.B. (2012 yilda tug‘ilgan) poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olgan. Xavfli harakatlar natijasida ular kontakt tarmog‘ining elektr ta’minoti kuchlanishidan tan jarohatlari olishgan.

Ikkala bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri — 20 foiz, ikkinchisi – 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu baxtsiz hodisa bolalarning ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga tushishi va ko‘proq «layk» olishni maqsad qilgani oqibatida yuz bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring