Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanksiyalar bekor qilinishining bizga qizig‘i qolmadi — Shimoliy Koreya TIV

24/02, 14:02

«AQSh tomonidan kiritilgan vahshiyona sanksiyalar bizni eng og‘ir tashqi sharoitlarda jon saqlash, gullab-yashnash va yanada kuchliroq bo‘lishga o‘rgatdi», — deyiladi KXDR TIV bayonotida.

Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma’lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi

13/01, 16:13

Ukraina prezidenti Rossiyada saqlanayotgan ukrainalik harbiy asirlarni qaytarish evaziga asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini Pxenyanga topshirishga «tayyor». Bu haqda Volodimir Zelenskiy yakshanba kungi videomurojaatida aytib o‘tdi.

Shimoliy Koreyada yana bir antiqa taqiq kuchga kirdi

08/01, 15:28

Janubiy Koreyaning bude-chige deb atalgan taomi ham Shimolda qora ro‘yxatga tirkaldi. So‘nggi yillarda bu taom ancha ommalashgandi.

Shimoliy Koreya tovushdan 12 karra tez ballistik raketani uchirdi

07/01, 07:56

Avvalroq Janubiy Koreya harbiylari KXDR poytaxti zonasidan raketaga start berilgani va u 1 100 kilometr uchib, Yapon dengiziga tushgani haqida xabar berishgandi.

Kim Chen In nega butun dunyo KXDRga hasad qilishini aytdi (foto)

31/12, 14:58

Kim Chen In bu haqda Mensasipri qirg‘oq bo‘yidagi sayyohlik shaharchasini ko‘zdan kechirish vaqtida ma’lum qilgan.

Kim «eng halokatli termoyadroviy urush» xavfidan ogohlantirdi

22/11, 21:18

Vashingtonning dushman siyosati o‘zgarmasdir, dedi u.

Putin Shimoliy Koreyaga sovg‘a jo‘natdi

20/11, 21:21

Aleksandr Kozlov sovg‘ani Pxenyan markaziy hayvonot bog‘iga topshirgan.

«Kursk viloyatida 11 ming Shimoliy Koreya askari bor» — Zelenskiy

05/11, 08:41

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning Kursk viloyatida Shimoliy Koreyadan kelgan 11 ming harbiy xizmatchi borligini ta’kidladi.

«Bu bizning ishimiz» — Putin birinchi marta KXDR harbiylari masalasida izoh berdi

25/10, 09:05

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRIKS sammitining yakuniy matbuot anjumanida ilk bor Shimoliy Koreya harbiylari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya va Ukrainani qattiq haqorat qildi

22/10, 22:52

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chenning fikricha, Janubiy Koreya va Ukraina «ikki tomchi suv kabi o‘xshash» va «AQSh tomonidan parvarishlangan betarbiya itlarga» o‘xshaydi.

KXDR o‘z harbiylari Rossiyaga jo‘natilayotganini rad etdi

22/10, 09:57

Shimoliy Koreya vakiliga ko‘ra, bunday xabarlar Pxenyanni obro‘sizlantirish va ikki suveren davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishga qaratilgan.

Shimoliy va Janubiy Koreyani bog‘lovchi yo‘lning portlatilishida katta ramziylik bor

18/10, 15:45

Ikki mamlakatni birlashtirish g‘oyasi ham portlatildi.

Shimoliy Koreya hakerlari 3 milliard dollar o‘g‘irladi

18/10, 12:40

Shimoliy Koreya hakerlari 2017 yildan buyon 3 milliard dollar miqdoridagi kriptovalyutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi.

Shimoliy Koreyada 1,4 mln fuqaro armiyaga qabul qilishni so‘rab ariza yozdi

16/10, 15:37

Janubiy Koreyaga qarshi «muqaddas urush»da qatnashishmoqchi.

KXDR Janubiy Koreyaga eltuvchi barcha yo‘llarni yopishga qaror qildi

09/10, 21:17

Koreya xalq armiyasi bu harakatni «urushning oldini olish uchun o‘zini-o‘zi himoya qilish chorasi» deb ta’riflab, bu Janubiy Koreyadagi harbiy mashg‘ulotlar va AQSh yadroviy aktivlarining mintaqada tez-tez bo‘lib turishiga javob ekanligini aytdi.

Kim Chen In o‘z armiyasi mashg‘ulotlarini kuzatdi (foto)

04/10, 09:22

Kim Chen In mashg‘ulotlarning borishi bilan tanishish uchun mamlakat g‘arbidagi KXDR maxsus kuchlari o‘quv bazasiga tashrif buyurdi.

Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasida favqulodda hodisa

03/10, 12:44

Janubiy Koreya politsiyasi o‘g‘irlangan avtobusda mamlakat chegarasini kesib o‘tgan holda Shimoliy Koreyaga qochishga uringan shaxsni qo‘lga oldi.

O‘zbekiston KXDRni kichik hisobda yengdi

05/09, 20:54

Toshkentda O‘zbekiston va Shimoliy Koreya termalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Kim Chen In chegara qo‘shinlariga yangi qurollarni topshirdi

05/08, 09:07

Shimoliy Koreya chegara qo‘shinlari yangi ballistik raketalar uchun 250 ta uchirgich qurilmasini oldi.

Parij-2024. Janubiy Koreya va KXDR stol tennischilari birgalikda selfi tushishdi

01/08, 11:36

Kadrga oltin medal sohiblari — xitoylik sportchilar ham tushib qolishdi.

Kim Chen Inning 11 yoshli qizi KXDR rahbari bo‘lishi mumkin

30/07, 07:19

Shimoliy Koreya rahbarining salomatligi yomonlashib bormoqda.

Kim Chen In qutqaruv ishlarini shaxsan o‘zi nazorat qildi (foto)

29/07, 08:54

Shimoliy Koreyada kuchli suv toshqini xavfi ostida bo‘lgan hududlardan besh ming kishi evakuatsiya qilindi.

Shimoliy Koreyada 22 yoshli yigit omma oldida qatl etildi

29/06, 20:30

Janubiy Koreya musiqasini tinglab, filmlarini tomosha qilgan.

Putinning Shimoliy Koreya safaridan ko‘zlangan asl maqsadi ochiqlandi

21/06, 09:56

Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yil 18-19 iyun kunlari Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan bordi. Bu Rossiya rahbarining Pxenyanga 2000 yildan keyingi ilk tashrifidir. 

Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga bordi

19/06, 10:10

Putin Shimoliy Koreyaga oxirgi marta 2000 yil iyul oyida prezidentlik faoliyatini boshlagan paytda tashrif buyurgan edi

KXDR askarlari tasodifan Janubiy Koreya hududiga o‘tib qolishdi

11/06, 11:10

Janubiy koreyalik harbiylarning ogohlantiruvchi o‘q uzishidan so‘ng ular o‘z hududlariga qaytishdi.

«Chiqindilar urushi»: Seul qattiq ogohlantirildi

10/06, 11:00

Kim Chen Inning singlisi — Kim Yo Chjon Seuldan «ovozini o‘chirishni», aks holda «juda xavfli vaziyat yuzaga kelishi» mumkinligini aytdi.

Shimoliy Koreyaning urinishi yana muvaffaqiyatsiz chiqdi

28/05, 11:45

Shimoliy Koreyaning orbitaga ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini chiqarish bo‘yicha navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Qochoq ayol Kim Chen Inning «harami» haqida so‘zlab berdi

01/05, 12:50

Tanlov mezonlari — tashqi ko‘rinish va siyosiy sadoqat, talabga mos qizlar hatto maktab o‘quvchilari ham bo‘lishi mumkin.

Rossiya AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha tashabbusiga qarshi chiqdi

28/03/2024

Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan, Xavfsizlik kengashining barcha a’zolari rezolyusiyani qabul qilish uchun ovoz bergan.

Kim Chen In armiya «urush boshlashga tayyor»ligini bildirdi

16/03/2024

Kim Chen In qizi bilan birga havo-desant qo‘shinlarining mashg‘ulotlariga rahbarlik qildi.

Kim Chen In shaxsan o‘zi yangi turdagi tankni sinovdan o‘tkazdi (foto)

14/03/2024

Kim Chen In tanklar musobaqasida Shimoliy Koreya armiyasining yangi tankini shaxsan o‘zi sinovdan o‘tkazdi.

Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdorda qurol yetkazib berdi

27/02/2024

G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmayotgan bir paytda, Shimoliy Koreya olti oy davomida Rossiyani faol ravishda qurol bilan ta’minlab kelmoqda.

Putin Kim Chen Inni taqiqlangan sovg‘a bilan siyladi

21/02/2024

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Aurus» rusumli limuzin sovg‘a qildi.

Putin Kim Chen Inning «calom»iga «alik» oldi

06/02/2024

Shimoliy Koreya Rossiya ko‘magida noqonuniy ravishda xalqaro bank tarmoqlariga kirish imkoniga ega bo‘lgani taxmin qilinmoqda The New York Times nashri AQSh razvedkasiga tayanib xabar berishicha, buning evaziga Pxenyan Moskvaga qurol-aslaha yetkazib bergan.

10 yoshli voris. Kim Chen Inning o‘rnini kim egallashi ma’lum...

06/01/2024

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning vorisi masalasi ko‘pdan buyon siyosiy davralarda muhokama qilib kelinadi.

Kim Chen In merosxo‘rini raketa qurilmalari zavodiga olib bordi

06/01/2024

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ballistik raketalar uchun qurilmalar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurdi.

Kim Chen In urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

28/12/2023

Shimoliy Koreya rahbari ta’kidlaganidek, bu ko‘rsatma «Koreya yarim orolidagi jiddiy siyosiy va harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida» berilgan.

Kim Chen In onalar kongressida yig‘lab yubordi (video)

06/12/2023

U mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish ayollarning mas’uliyati ekanligini e’lon qilar ekan, yig‘lay boshladi.

Shimoliy Koreya AQShga tahdid qildi

02/12/2023

Shimoliy Koreya, agar boshqa davlatlar, xususan, AQSh koinotdagi sun’iy yo‘ldoshlarini sabotaj qilishga urinsa, oqibatlari yomon bo‘lishi bilan tahdid qildi.

Shimoliy Koreya pul yo‘qligi sabab o‘z elchixonalarini yopmoqda

10/11/2023

Shimoliy Koreya xorijdagi bir qancha elchixonalarini yopmoqchi. Diplomatik vakolatxonalarni saqlash uchun shunchaki pul yo‘q.

Shimoliy Koreya Rossiyaga ballistik raketalar yuborgan bo‘lishi mumkin

07/11/2023

Razvedka ma’lumotlari Pxenyan Rossiyaga qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalar, tank va ko‘chma zenit-qurilmalariga qarshi raketalar, shuningdek, miltiqlar, minomyotlar va snaryadlar yuborganini ko‘rsatmoqda.

Janubiy Koreya KXDRga g‘alati ayblov qo‘ydi

17/10/2023

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani HAMAS bilan hamkorlikda ayblab chiqqandi. 

Shimoliy Koreya amerikalik qochoq askar bo‘yicha bir qarorga keldi

27/09/2023

Shimoliy Koreya mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan va siyosiy boshpana so‘ragan amerikalik askar Trevis Kingni mamlakatdan chiqarib yuboradi.

«AQShni noxush narsalar kutmoqda»: Kim Chen Inning singlisi tahdidli chiqish qildi

14/07/2023

Kim Yo Chjon Shimoliy Koreyaning raketa sinovlariga hech kimda e’tiroz bildirishga asos yo‘qligini ta’kidlagan.

«Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi» – Seul

12/07/2023

Yaponiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, raketa 1 soat uchib, suvga qulagan.

Shimoliy Koreyada AQShni yo‘q qilish shiori bilan yuz minglab kishilar namoyishga chiqdi

28/06/2023

Shimoliy Koreyada AQShni «yo‘q qilishga» chaqiruvchi ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi New York Post.

O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi

01/06/2023

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirdi. TIV bayonotida ushbu holatning «Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga» sabab bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

Shimoliy Koreya uchirgan sun’iy yo‘ldosh nosozlik tufayli dengizga quladi

31/05/2023

Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, harbiylar kosmik raketaning qismlari yig‘ib olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.

Kim Chen In qizi bilan parvozga hozirlanayotgan sun’iy yo‘ldoshni ko‘zdan kechirdi

17/05/2023

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In va uning qizi Shimoliy Koreyaning birinchi harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirdi.

OAV: KXDR Janubiy Koreyaning signallariga javob bermayapti

09/04/2023

Shimoliy Koreya rasmiylari uch kundan beri Janubiy Koreya bilan harbiy aloqa liniyasi bo‘yicha muntazam qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti.

Shimoliy Koreyada aholi ehtimoliy urush xavfi sabab armiyaga ommaviy yozilmoqda

19/03/2023

Shimoliy Koreyaning yuz minglab fuqarolari Amerika Qo‘shma Shtatlarga qarshi ehtimoliy urushda qatnashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Kim Chen In AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlariga javoban ballistik raketa uchirdi

17/03/2023

Kecha, 16 mart kuni Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlarga javob tariqasida «Xvason-17» qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi.

Kim Chen In va uning qizi armiyaning jangovar tayyorgarligini tekshirdi

10/03/2023

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Chju E bilan birgalikda KXDR armiyasining jangovar qobiliyatini tekshirdi.

Shimoliy Koreya ballistik raketasi Yaponiya ustidan uchib o‘tdi

18/02/2023

Yaponiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Toshiro Inoning so‘zlariga ko‘ra, raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga, Xokkaydodan 200 kilometr g‘arbda qulagan.

Shimoliy Koreya hakerlari rekord darajada mablag‘ o‘mardi

09/02/2023

2022-yil davomida Shimoliy Koreya hukumati nazoratidagi hakerlar bir milliard dollar miqdoridagi mablag‘larni o‘marishga muvaffaq bo‘ldi.

Janubiy Koreya prezidentidan jiddiy bayonot

12/01/2023

Janubliklar ham yadroviy qurolni istashmoqda.

Janubiy Koreya Shimolga javob hozirlamoqda

03/01/2023

Janubiy Koreya hamda AQSh yadro mashg‘ulotlari o‘tkazmoqchi. Seul shu tariqa Shimoliy Koreyaning kuchayib borayotgan tahdidlariga javob hozirlamoqda.

Mudofaa vaziri xalqidan kechirim so‘radi — Janubiy Koreya

28/12/2022

26-dekabr kuni qo‘shni mamlakatning beshta droni uning havo kengliklariga buzib kirdi.

Shimoliy Koreya dronlari Janubiy Koreya bilan chegarani buzib o‘tdi.

26/12/2022

Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz uchoqlari Janubiy Koreya ruxsatisiz Koreyalararo chegarani kesib o‘tgan, rasmiylar va Seul bunga javoban qiruvchi samolyotlar va hujum vertolyotlarini havoga ko‘targan.

Shimoliy Koreya hukumati fuqarolaridan ismlarini o‘zgartirishni talab qilmoqda

04/12/2022

«Inqilobiylik» yetishmaydi, janubiy koreyaliklarnikiga juda o‘xshaydi.

Kim Chen In taktik yadro bo‘linmalarining harbiy tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi

10/10/2022

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taktik yadro quroli bo‘linmalarini tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA).

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

04/10/2022

Bugun seshanba kuni yadro quroliga ega Shimoliy Koreya besh yil ichida birinchi marta Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi,

Shimoliy Koreya AQShni «og‘zini yumib» o‘tirishga chaqirdi

24/09/2022

Shimoliy Koreya rasmiylari G‘arb OAVlarining Ukrainadagi maxsus operatsiya uchun Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqidagi xabarlarini qat’iyan rad etib, AQShga «og‘zingni berkitib o‘tirishini» va yolg‘on mish-mish tarqatmaslikni maslahat berdi. Bu haqda Newsweek ma’lum qildi.

Kim Chen Inning qizi birinchi marta ko‘rinish berdi (foto)

23/09/2022

Qizcha tengqurlariga nisbatan ancha xotirjam edi, negadir, operatorlarning kamerasiga ham ko‘proq o‘sha qizcha tushgan...

Xususiy sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari yoppasiga yopilmoqda — Shimoliy Koreya

12/09/2022

Hukumat ularni «individualizm»ni targ‘ib qiluvchi, sotsialistik axloqqa zid va mos bo‘lmagan muassalar deya tamg‘aladi.

Kim Chen In o‘ldirilsa, Shimoliy Koreya avtomatik ravishda yadroviy raketalarni uchiradi

10/09/2022

Agar Kim Chen In o‘ldirilsa, Shimoliy Koreya «avtomatik ravishda va darhol» yadroviy zarba bilan javob qaytaradi.

Nega Shimoliy Koreya qashshoq, Janubiy Koreya esa boy?

20/08/2022

Bugungi maqolamizda, Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya davlatlarini bir-biri bilan solishtirib, «geografik omil nazariyasi» qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlashga harakat qilamiz.

Bugun har ikki Koreyada bayram (foto) 

15/08/2022

Koreya Respublikasida — «Kvanbokchol», KXDRda — «Chogukxebani-nal».

Kim Chen In koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi

11/08/2022

Shu yilning 12-may kuni KXDRda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ilk holat qayd etilgandi.

Shimoliy Koreya Donetskni mustaqil davlat deya tan oldi

13/07/2022

Shimoliy Koreya DXR mustaqilligini tan oldi.

Shimoliy Koreya bir yo‘la uchta raketasini uchirdi

12/05/2022

Raketalarga Pxenyanga yaqin Sunan aerodoromi atrofidan start berilgan bщlishi mumkin.

Qo‘shnisini «unutgan» Kim Chen In. Putin, Tramp va Si — Shimoliy Koreya markalarida

01/04/2022

Shimoliy Koreyada Kim Chen In mamlakat yetakchisi sifatida faoliyat boshlaganining 10 yilligiga atalgan pochta markalari chiqarildi.

Kim Chen In yuzlab koreyslarni «sovuqda qotirib» qo‘ydi

19/02/2022

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In otasi Kim Chen Ir haqida uzoq nutq so‘zlab, yuzlab odamlarni sovuqda qoldirdi.

Shimoliy Koreyada xorijiy musiqadan foydalangan raqs o‘qituvchisi qatl etilishi mumkin

08/02/2022

Rasmiylar so‘zlariga ko‘ra, xoreograf va talabalar «kapitalistik» harakatlarni o‘rganayotgan bo‘lgan.

Shimoliy Koreyada qanday raketalar bor (foto)

31/01/2022

Pxenyan dushanba kuni «Xwasong-12» o‘rta masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazganini tasdiqladi.

Shimoliy Koreya Pekin olimpiadasida qatnashmaydi

07/01/2022

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya tovushdan tez uchuvchi raketani sinovdan o‘tkazdi

06/01/2022

Shimoliy Koreya 5-yanvar, chorshanba kuni tovushdan tez uchuvchi raketa sinovlari muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Kim Chen In xalqini kamroq ovqatlanishga chaqirdi

30/10/2021

Kamarni yanayam mahkamroq bog‘lashdan boshqa tanlovning o‘zi yo‘q.

Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning qiyofadoshi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

28/10/2021

Uning suratlarini tahlil qilish uchun «sun’iy intellekt texnologiyasi va boshqa ilmiy usullar» foydalanilgan.

Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi, Yaponiyada darhol tezkor shtab tuzildi

19/10/2021

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum ikkita raketa uchirdi. Bu haqda Mk.ru ma’lum qilmoqda.

Shimoliya Koreyadan qochgan yuqori martabali amaldor Kim Chen Inning sirlarini fosh qildi

13/10/2021

Shimoliy Koreya razvedkasida yuqori lavozimda faoliyat yuritgan, keyinroq mamlakatdan qochishga muvaffaq bo‘lgan polkovnik BBC nashriga mamlakat rahbari Kim Chen Inning parda ortidagi faoliyati xususida so‘zlab berdi.

Pxenyan Janubiy Koreya bilan urushni to‘xtatish shartini aytdi

25/09/2021

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan Janubiy Koreya bilan urushni to‘xtatishga tayyorligi, ammo buning ma’lum shartlari borligini ma’lum qildi.

Kim Chen In Xitoy rahbariga maktub yubordi

25/09/2021

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy rahbari Si Szinpinga minnatdorlik maktubini yo‘lladi.

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi 3 million doza Sinovac vaksinasidan voz kechdi

03/09/2021

Ularni boshqa mamlakatlarga yuborishni talab qildi.

Shimoliy Koreya kovidsiz mamlakat degan nomga qanday erishdi?

17/08/2021

Olimlar Shimoliy Koreyada koronavirus bor-yo‘qligini aytishdi.

Koronavirusga qarshi vaksina Shimoliy Koreyaga kerak emasmi?

04/07/2021

Rasmiylar ta’minot logistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning mamlakatga kirishiga ruxsat bermayapti.

Birorta ham koronavirus holati qayd etilmagan mamlakat ma’lum qilindi

30/06/2021

Uning fikriga ko‘ra, amaldorlar «davlat va uning fuqarolari xavfsizligini» ta’minlashi kerak bo‘lgan «muhim qarorlarning bajarilishini e’tiborsiz qoldirishgan».

«Jahon chempionatida sharmanda bo‘lgan terma jamoani og‘ir qurilish ishlariga haydashdi...»

16/06/2021

Shimoliy Koreya — yopiq, o‘ziga xos qonunlarga ega bo‘lgan mamlakat. Mamlakatda sport bir qadar rivojlangan, shu jumladan futbol ham. O‘z vaqtida O‘zbekiston termasini ham mag‘lubiyatga uchratishni eplashgan...

Shimoliy Koreyaning «eng ashaddiy raqibi» qaysi davlat ekani aytildi

31/05/2021

Avvalroq, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi so‘nggi yillardagi vaziyatni «tarixdagi eng qiyini» deb ta’riflagani ma’lum qilingandi. 

Shimoliy Koreyada shifoxona tufayli amaldor qatl etildi

30/04/2021

Kim Chen In shaxsan o‘zi shifoxonani tezroq ochishni va yuqori sifatli uskunalar bilan jihozlashni talab qilgan.

«Jiddiy tahdid»: Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi

25/03/2021

CNN telekanali AQSh ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorga asoslanib, Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketani uchirganini ma’lum qildi.

«Koreyscha muhabbat»: Birlashgan Koreya federatsiyasi tashkil topadimi? (davomi)

27/02/2021

Shimoliy va Janubiy Koreya, 1953-yilda tugagan urushdan so‘ng, keskin farqli taraqqiyot yo‘llaridan ketdi.

«Koreyscha muhabbat»: Birlashgan Koreya federatsiyasi tashkil topadimi?

27/02/2021

«Kunchiqar yurt»ni Ikkinchi jahon urushida mag‘lub etgan xaloskorlar «sharofati» bilan Koreya «Ikkinchi Germaniya»ga aylandi.

Bugungi kunda Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan 14 mamlakat

19/02/2021

2021 yil fevral oyining o‘rtalariga kelib Covid-19 koronavirusi dunyoning aksariyat mamlakatlarini qamrab olganiga qaramay, bugungi kunda koronavirus hali mavjud bo‘lmagan davlatlar ham yo‘q emas.

Shimoliy Koreya matbuoti xalqaro maydondagi vaziyatni qanday yoritmoqda?

18/02/2021

O‘z fuqarolari qo‘shni mamlakatlar xalqlari qanday yashayotganini bilishlari KXDRdagi siyosiy barqarorlik uchun qanchalik xavfli ekanini Kim Chen In yaxshi tushunadi.

Shimoliy Koreyada «noto‘g‘ri to‘lqin»ni tinglagan radio muxlisi qatl etildi

24/12/2020

Choy familiyali bu inson 50 kemalik flotni boshqargan, hukumat a’zolari, hatto shaxsan Kim Chen Inni ham baliq bilan ta’minlab kelgan.

Shimoliy Koreya Rossiya vaksinasini sotib oldi — OAV

15/12/2020

Davlat rahbari Kim Chen Inga vaksina, xavfsizligi sinovdan o‘tmagunicha, qo‘llanilmaydi...

Shimoliy Koreya karantinbuzarlarga shafqat qilmayapti

04/12/2020

Ular chegara hududida yashaydigan mahalliy aholini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida odamlar ko‘z o‘ngida jinoyatchini qatl etishdi.

Kim Chen In koronavirusga qarshi emlandimi?

01/12/2020

Bir necha yil avval Shimoliy Koreyadan qochib ketgan yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspert bu borada o‘z fikrini aytdi.

Shimoliy Koreyada ikki amaldor qatl etildi

28/11/2020

Biri taqiqlangan mollarni mamlakatga olib kirishda, ikkinchisi valyuta ayirboshlashda firibgarlikda ayblangan.

Koreya koronavirusga qarshi kurashishda hech kim qo‘llamagan usullardan foydalanmoqda

03/11/2020

COVID-19 tarqalishiga qarshi kurasholmaydigan amaldorlar o‘lim jazosiga mahkum.

Shimoliy Koreya yangi qit’alararo ballistik raketalarini namoyish etdi

10/10/2020

Shimoliy Koreya bugun, 10-oktyabr kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan paradda so‘nggi ballistik raketalarini namoyish etdi. Parad KXDR markaziy telekanalida ko‘rsatilgan.

Shimoliy Koreyaliklar vatanparvarliklari sababli koronavirusga chalinmayapti — Kim Chen In

10/10/2020

«To‘g‘ri, biz hozircha boy yashamayapmiz, ammo oilalar ahil, hech bir inson virus balosiga doxil bo‘lmadi, hamma soppa-sog‘»...

KXDR janubiy koreyalik rahbarni qatl etdi

24/09/2020

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, uni avval otishgan, keyin yoqib yuborishgan.

Shimoliy Koreya rahbarining ajabtovur taqiqi sababi ochiqlandi

18/08/2020

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Janubiy Koreyada it go‘shti iste’moli kamaygan bo‘lsa, Shimoliy Koreyada aksincha – ushbu jonivor go‘shtiga talab oshgan.

Kim Chen In uy itlarini musodara qilishni buyurdi

18/08/2020

It saqlash «buzuq burjua g‘oyalari» mahsulimi?

Koronavirusdan xoli davlatlar — to‘liq ro‘yxat

17/08/2020

2020-yil avgust oyi boshida COVID-19 dunyoning ko‘pgina mamlakatlarini qamrab olgan bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda koronavirus bo‘lmagan yoki endi yo‘q qilingan davlatlar haliyam bor.

Shimoliy Koreya koronavirusdan holi mamlakatligicha qolmoqda

27/07/2020

Kuni kecha Shimoliy Koreyada koronavirus yuqtirishda birinchi gumonlor ushlangan va Keson shahri kuchaytirilgan karantinga olingandi.

Koronavirus Shimoliy Koreyani ham xavotirga solib qo‘ydi

26/07/2020

KXDR koronavirusga gumon qilingan birinchi holatni e’lon qildi.

Kim Chen In «potensial harbiy xavf» sabab armiyaning hozirligini tekshirib ko‘rdi

19/07/2020

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazgan.

Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q: davlat rahbari buning sababini izohladi

03/07/2020

KXDRda birortayam koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagan.

Rossiya Shimoliy Koreyaga beg‘araz yordam ko‘rsatdi

15/05/2020

Rossiya Shimoliy Koreyaga beg‘araz insonparvarlik yordami ko‘rsatdi. Bu haqda Pxenyandagi elchixona tomonidan xabar berilgan.

Kim Chen In 20 kun deganda xalqqa ko‘rinish berdi

02/05/2020

Kim Chen In Sunchxon shahridagi o‘g‘it zavodi ochilish marosimida qatnashgan.

Shimoliy Koreyada koronavirusdan o‘lganlar bor — Yaponiya

26/04/2020

KXDRda 1 apreldan jamoat tadbirlarini o‘tkazish cheklangan, barcha fuqarolarga niqob taqib yurish majburiyati yuklangan, deyiladi dokladda.

Shimoliy Koreya rahbari o‘lim to‘shagida yotgani haqidagi ovozalarga aniqlik kiritildi

21/04/2020

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yurak jarrohligi operatsiyasidan keyin o‘lim to‘shagida yotgani haqida xabar tarqalgan edi.

OAV: Jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Kim Chen Inning ahvoli yaxshi emasligi aytilmoqda

21/04/2020

AQSh KXDR rahbari Kim Chen Inning operatsiyadan keyin jiddiy xavf ostida ekanligiga ishora qiluvchi razvedka ma’lumotlarini tarqatgan.

Shimoliy Koreya yangi raketa sinovini o‘tkazdi

22/03/2020

Shimoliy Koreya yangi boshqariluvchi taktik raketani sinovdan o‘tkazdi. Sinov shaxsan Kim Chen Inning kuzatuvi ostida o‘tkazilgan.

«Telegram» foydalanuvchilariga xakerlar hujum qildi

10/01/2020

Bu haqda «Ozod Osiyo» radiosi «Kasperskiy laboratoriyasi»ga asoslanib xabar tarqatdi.

Kim Chen Inning «yangi yil» murojaatidan BMT xavotirda

02/01/2020

Shimoliy Koreya yetakchisi birinchi marta o‘z fuqarolarini yangi yil bilan tabriklamadi, buning o‘rniga AQShga murojaat yo‘lladi.

Shimoliy Koreyada yangi utopiya-shahar qurildi (foto)

04/12/2019

Samjiyon shahri to‘rt ming oilaga mo‘ljallangan.

Xirosimadagidan 17 karra kuchli: Shimoliy Koreyada sinalgan yadro bombasi tog‘ni siljitib yubordi

19/11/2019

Apparat uzatgan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yili o‘tkazilgan sinov chog‘i bomba butun boshli tog‘ni joyidan qo‘zg‘atib yuborgan.

Kim Chen Inning oq tulpori: Shimoliy Koreya katta yurishlarga tayyorlanmoqda(mi)?

16/10/2019

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oq otni muqaddas tog‘da minib yurganining suratlari tarqaldi.

Shimoliy Koreya va Yaponiya kemalari to‘qnashib ketdi

07/10/2019

KXDRning baliqchilar kemasi to‘qnashuvdan so‘ng cho‘kishni boshlagan, yigirmatacha odam ochiq dengizda qolib ketgan.

Kim Chen In nimadan xursand?

25/08/2019

Shimoliy Koreya kecha Yapon dengizi tomon raketalar uchirdi.

Tramp Kim Chen Inni Vashingtonga taklif etdi

01/07/2019

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv chog‘ida har ikki tomondan muzokara olib boradigan jamoalarni shakllantirishga kelishib olinganini ma’lum qildi.

Xitoy rahbari Shimoliy Koreyaga 14 yildan beri ilk rasmiy tashrif bilan boradi

17/06/2019

Oxirgi marta Shimoliy Koreyaga XXR raisi Xu Dzintao borgandi.

Kim Chen In Rossiyaga yetib keldi va rus nonini tatib ko‘rishdan bosh tortdi

24/04/2019

Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen In zirhli poyezdida Rossiyaga yetib keldi va o‘zini kutib olgan rus qizlari qo‘lidan non-tuz tatib ko‘rishdan bosh tortdi.

Kim Chen In va Putin uchrashuvi qachon va qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

23/04/2019

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun payshanba, 25 aprelda Vladivostokka tashrif buyurishi haqida Shimoliy Koreya OAVsi va Rossiya matbuoti xabar berdi.

Шимолий Корея янги қуролни синовдан ўтказди

18/04/2019

Шимолий Корея етакчиси Ким Чен Ин янги тактик бошқарилувчи қуролнинг синовини шахсан кузатиб борди. Бу ҳақида Шимолий Корея марказий телеграф агентлиги хабар бериб ўтган.

Shimoliy Koreya Rossiyadan samolyot sotib olmoqchi

15/04/2019

Shimoliy Koreya Rossiyaning yangi yo‘lovchi samolyotlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Duma vitse-spikeri Sergey Neverov xabar berib o‘tgan.

Janubiy Koreya tankeri Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyani buzganlikda ayblanmoqda

03/04/2019

Janubiy Koreya bayrog‘i ostida harakatlangan tanker Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT tomonidan qo‘llangan sanksiyani buzganlikda ayblanib, olti oydan buyon Pusan portida ushlab turilibdi.

Shimoliy Koreyada qancha yadroviy ob’yekt bor?

29/03/2019

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari AQSh hukumati ixtiyoridagi ma’lumotlarga asoslanib KXDRda qancha yadro ob’yekti borligini ma’lum qildi. Bu ma’lumotlar ilk marotaba ochiqlanmoqda.

«Koreyscha marafon». Bunaqasi hali bo‘lmagan

15/03/2019

Janubiy va Shimoliy Koreya hamkorlikda transchegaraviy marafon o‘tkazishga hozirlik ko‘ryapti.

Janubiy Koreya KXDRga 200 tonna mandarin sovg‘a qildi

11/11/2018

Janubiy Koreyaning harbiy samolyoti mandarinlarning birinchi partiyasi bilan Pxenyanga jo‘natildi.

O‘zbekiston Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilish tarafdori

21/09/2018

Erishilgan kelishuvlar ikki davlat liderlarining konstruktiv aloqalar hamda koreyalararo munosabatlarni sifat jihatdan yangi o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik asosida shakllantirish borasidagi qat’iy qarori va qobiliyatidan guvohlik bermoqda.

Ikki Koreya rahbarlarining uchrashish sanasi ma’lum bo‘ldi

17/09/2018

Janubiy va Shimoliy Koreya prezidentilari shu yil 18-19 sentyabr kunlari ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishadi.

Shimoliy Koreya mushkul ahvolda: xalqaro yordam zarur

15/09/2018

Shimoliy Koreyada kuchli yog‘ingarchilik va sel kuzatilyapti, BMT zudlik bilan ushbu davlatga xalqaro insonparvarlik yordami berish zarurligini qayd etdi.

Jerar Depardyeni Shimoliy Koreyada ko‘rib qolishdi (video)

08/09/2018

Aktyor Pxenyandagi Yangakto xalqaro mehmonxonasiga tashrif buyurgan.

Koreyalararo uchinchi sammit sentyabr oyida o‘tkaziladi

07/09/2018

Koreyalararo uchinchi sammit shu yilning18–20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Bo‘lingan Koreya: ona o‘g‘li bilan 67 yildan keyin uchrashdi (video)

22/08/2018

Ona-bolaga uch kunni birga o‘tkazishga ruxsat berishdi. Ular yanada ko‘rishadilarmi-yo‘qmi — buyog‘i qorong‘u.

Ikkala Koreya rahbarlari sentyabrda yana uchrashadi

13/08/2018

Ikkala Koreya rahbarlari shu yil sentyabr oyida Pxenyanda uchrashadi.

Shimoliy Koreya iqtisodiyoti orqaga ketmoqda

23/07/2018

Shimoliy Koreyaga qarshi o‘rnatilgan sanksiyalar va qurg‘oqchilik tufayli mamlakat iqtisodiyoti o‘tgan yili 3,5 foizga orqaga ketgan.

Putin Kim bilan qachon uchrashadi?

18/07/2018

Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi kun tartibidagi masalalardan ekanini ma’lum qildi.

Donald Tramp: «Obama hukumati Shimoliy Koreya bilan urush bo‘sag‘asiga kelib qolgan ekan»

07/07/2018

«AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreya bilan urush bo‘sag‘asiga borib qolgan», – dedi Amerikaning amaldagi rahbari Donald Tramp.

«Menga rahmat aytinglar»: Tramp Shimoliy Koreya bilan urushning oldini olganini aytib maqtandi

04/07/2018

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika va Shimoliy Koreya o‘rtasida urush boshlanishining oldini olgani uchun rahmat aytishlarini so‘ragan.

AQSh Shimoliy Koreyaga tobut jo‘natyapti. Nega?

23/06/2018

AQSh 1950–1953-yillarda Koreya urushida halok bo‘lgan amerikalik harbiylarning xoki qoldiqlarini to‘plash uchun Shimoliy Koreyaga tobut yuborayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tramp: «Kim juda aqlli yigit»

13/06/2018

AQSh prezidenti Shimoliy Koreya yetakchisini juda aqlli yigit dedi.

Kim Trampga tashakkur aytdi

12/06/2018

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQSh rahbariga Singapurda uchrashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tramp va Kim Chen In uchrashuvi: Rossiya munosabat bildirdi

12/06/2018

Rossiya davlat dumasi mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining muovini Yuriy Shvitkin Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining uchrashuvini ma’qullaganini aytdi.

Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan sammitni ma’qullaydi

10/06/2018

«ShHT liniyasi bo‘yicha mintaqada vaziyat me’yorida ushlab turiladi. Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvni ma’qullaydi va bu Koreya yarimorolidagi muammoni bartaraf etish uchun katta imkoniyatdir», — degan Putin.

Kim Chen In Singapurga yo‘l oldi

10/06/2018

Shimoliy Koreyaga qarashli hukumat samolyoti bugun 10-iyun kuni Pxenyandan Singapurga uchib ketdi. Mazkur samolyotda 12-iyun kuni Donald Tramp bilan uchrashish maqsadida ketayotgan KXDR yetakchisi Kim Chen In bo‘lgan.

Tramp — Kim Chen In uchrashuvini o‘tkazishdan maqsad nima?

09/06/2018

AQSh Bosh kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda tub burilish yasashga intilmoqda.

Kim Chen In mudofaa vaziri va qo‘mondonlarni ishdan oldi

04/06/2018

Shu yil 12 iyun kuni Singapurda Donald Tramp bilan Kim Chen Inning uchrashuvi o‘tkazilishi kutilayotgan bir paytda Shimoliy Koreya mudofaa vaziri, qurolli kuchlar qo‘mondoni hamda Koreya xalq qo‘shini siyosiy byurosi direktori lavozimidan ozod etildi.

Lavrov:« Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarga aralashmaydi»

31/05/2018

«Shimoliy Koreya kelishuvga erishish uchun AQSh tomonidan qanday kafolatlarga ega ekanligi haqida o‘zi qaror qabul qilishi kerak».

Shimoliy Koreyada Amerika burgerlari sotilishiga ruxsat berildi

30/05/2018

Telekanalning ta’kidlashicha, shu yo‘l bilan Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga xayrixohligini bildirib qo‘ymoqchi.

AQSh hamda KXDRning yuqori martabali amaldorlari Singapurda uchrashadilar

29/05/2018

Tomonlar AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasida rejalashtirilayotgan uchrashuv bo‘yicha xavfsizlik va protokol bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.

AQSh - KXDR sammitida Janubiy Koreya ham qatnashmoqchi

28/05/2018

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvida, agar tomonlar rozi bo‘lsa, qatnashishi mumkin.

BMT AQSh va Shimoliy Koreyaga taklif bilan chiqdi

25/05/2018

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterresh AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv bekor bo‘lganidan so‘ng ikki davlat rahbarlariga konstruktiv muloqot o‘tkazish taklifini bildirdi.

Rasmiy Pxenyan Trampga e’tiroz bildirdi

25/05/2018

Rasmiy Pxenyan AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvini bekor qilganiga e’tiroz bildirdi.

Yana