«Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi» – Seul
Bugun, 12 iyul kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi (JSS).
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10:00 atrofida uchirilgan. Yaponiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, raketa 1 soat uchib, suvga qulagan.
Joriy yilning 10 iyul kuni Pxenyanning tashqi siyosatdagi yuqori lavozimli amaldori va mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Vashingtonni qat’iy ogohlantirgan edi.
Shimoliy Koreya ballistik raketani Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Litvaning Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga jo‘nab ketgan vaqtda uchirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter