Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreya davlati O‘zbekiston yo‘llarini raqamlashtirmoqchi

Koreya davlati O‘zbekiston yo‘llarini raqamlashtirmoqchi

O‘zbekiston delegatsiyasi «ITS Asia Pacific Forum 2025» xalqaro forumida ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda «Korea Expressway Corporation» korporatsiyasi prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Koreya Respublikasining avtomagistrallar boshqaruvi, «aqlli» svetoforlar, sun’iy intellekt asosidagi harakatni boshqarish tizimlarini O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, mazkur mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekistonda texnik yordam va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralarda Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, jumladan, aqlli tolling, I sensor tizimlari, harakat monitoringi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, «Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish» DXSh loyihasi doirasida avtomagistral loyihalarini rivojlantirishda «KEC» korporatsiyasi ishtirokini ta’minlash takliflari ilgari surildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring