Janubiy Koreya KXDRga g‘alati ayblov qo‘ydi
Janubiy Koreya harbiylarining fikricha, Shimoliy Koreya qurol-yarog‘ ta’minoti va taktik tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarda HAMAS guruhi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qilgan.
Bu haqda Kyodo agentligi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vakili jurnalistlarga 7 oktabr kuni Isroilga qarshi hujumda qo‘llangan raketalardan biri Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan qurol bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Bu raketalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shimoliy Koreya tomonidan yoki boshqa davlatlar ishtirokidagi kelishuvlar orqali taqdim etilganiga aniqlik kiritilmadi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani HAMAS bilan hamkorlikda ayblab chiqqandi. Unga ko‘ra, rasmiy Moskva jangovor guruhga harbiy yordam ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter