Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shnisini «unutgan» Kim Chen In. Putin, Tramp va Si — Shimoliy Koreya markalarida

Qo‘shnisini «unutgan» Kim Chen In. Putin, Tramp va Si — Shimoliy Koreya markalarida

Foto: «Korea Bizwire»

Shimoliy Koreyada Kim Chen In mamlakat yetakchisi sifatida faoliyat boshlaganining 10 yilligiga atalgan pochta markalari chiqarildi.

Markalarda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q: fazoviy yo‘ldoshning uchirilishi, raketa sinovlari, Kim Chen In ish ustida, jamoat tadbirlarida. Keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilib, kurort va boshqa ob’yektlar qad rostlagan Samchjiyon shahriku — alohida mavzu. Bularning hammasi bevosita Kimning shaxsiy ko‘rsatmasi va boshchiligida amalga oshirilgan.

Kimning tashqi faolligini ham unutishmadi.

KXDR yetakchisining Xitoyga 2018-yildagi tashrifi va Si Szinpin bilan uchrashuvi, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarda tushgan fotosuratlari markalarda aksini topdi.

Kimning Putin bilan 2019-yilda qo‘l siqishib tushgan rasmi joylashtirilgan markada «Koreya-Rossiya do‘stligi», degan yozuvni o‘qiysiz.

Ammo bironta markada Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga joy topilmadi. Kim 2018-yilda u bilan naq uchta sammit o‘tkazgandi, axir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring