Kim Chen In o‘ldirilsa, Shimoliy Koreya avtomatik ravishda yadroviy raketalarni uchiradi
Agar Kim Chen In o‘ldirilsa, Shimoliy Koreya «avtomatik ravishda va darhol» yadroviy zarba bilan javob qaytaradi. Bu variant KXDRning yadro siyosati haqidagi yangi farmonida ko‘rsatilgan, deb yozadi Politico.
Hujjatda, shuningdek, dushman hujumi tufayli davlatning yadroviy qo‘mondonlik va boshqaruv tizimiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda avtomatik va zudlik bilan yadro zarbasi berilishi ta’kidlangan.
Karnegi jamg‘armasining katta ilmiy xodimi Ankit Pandaning qayd etishicha, bu band farmonda Shimoliy Koreyaning raqiblari, AQSh va Janubiy Koreyaga ogohlantirish sifatida keltirilgan, ular Shimoliy Koreya yetakchilarini jismonan yo‘q qilishni muammoni hal qilish vositalaridan biri deb biladilar.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Koreya yarim orolini to‘liq yadrosizlantirish bo‘yicha o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmoqchi emas.
AQSh rasmiylari KXDR rahbariyati bilan oldindan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyor ekanliklari haqida bir necha bor gapirishgan, biroq Shimoliy Koreya rasmiylari takliflarga javob bermayapti, dedi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Adriyen Uotson.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter