Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Kim Chen Inning ahvoli yaxshi emasligi aytilmoqda

OAV: Jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Kim Chen Inning ahvoli yaxshi emasligi aytilmoqda

AQSh KXDR rahbari Kim Chen Inning operatsiyadan keyin jiddiy xavf ostida ekanligiga ishora qiluvchi razvedka ma’lumotlarini tarqatgan.

«Daily NK» gazetasida tarqalgan xabarlarga qaraganda, Kim Chen In yurak-qon tomir tizimida muammo bor bo‘lgan va 12-aprelda jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Kim Chen Inning shundan so‘ng ahvoli hanuzgacha yaxshilanmagan. 15-aprel kuni Shimoliy Koreya lideri bobosining tug‘ilgan kunini o‘tkazib yuborgan. Hozir ham ahvoli yaxshimas. 

«CNN»ning tarqatgan xabarlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari operatsiyadan keyin jiddiy xavf ostida.

Shimoliy Koreya Mudofaa vazirligi koreyalik rahbarning ahvoli yaxshi ekanligini aytgan, biroq mustaqil jurnalistlarning harakati uchun sharoit yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring