Shimoliy Koreya dronlari Janubiy Koreya bilan chegarani buzib o‘tdi.
Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz uchoqlari Janubiy Koreya ruxsatisiz Koreyalararo chegarani kesib o‘tgan, rasmiylar va Seul bunga javoban qiruvchi samolyotlar va hujum vertolyotlarini havoga ko‘targan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Janubiy Koreya harbiylar Kyonnggi provinsiyasining chegara hududlarida uchuvchisiz uchish apparatlari ekanligi taxmin qilinayotgan bir nechta «noma’lum ob’yektlarni» aniqlagan. Dronlarda qurol yoki o‘q-dorilar bor-yo‘qligi hozircha noma’lum. Agentlikning ta’kidlashicha, aynan shu sabab Incheon va Gimpo aeroportlaridan parvozlar to‘xtatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyaning KA-1 hujumchi samolyoti dronlarga qarshi havoga ko‘tarilganda, noma’lum sabablarga ko‘ra Xyonson okrugida (Seuldan 140 kilometr sharqda) halokatga uchragan. Ikki uchuvchi ham katapulta yordamida omon qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter