Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyada xorijiy musiqadan foydalangan raqs o‘qituvchisi qatl etilishi mumkin

Shimoliy Koreyada xorijiy musiqadan foydalangan raqs o‘qituvchisi qatl etilishi mumkin

Foto: Yonhap.

Shimoliy Koreyada raqs o‘qituvchisi va uning bir qancha shogirdlari hibsga olindi. Rasmiylar so‘zlariga ko‘ra, xoreograf va talabalar «kapitalistik» harakatlarni o‘rganayotgan bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail ma’lum qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, raqs o‘qituvchisi Pxenson shahrida hibsga olingan. Ayol mashg‘ulotlar vaqtida xorijiy musiqa va raqs videolari tushirilgan USB-diskdan foydalanganlikda ayblanmoqda. Xoreograf bilan birga darsda qatnashgan talabalar ham hibsga olingan.

«Tekshiruv guruhi bolalarga xorijiy raqs harakatlarini o‘rgatayotgan 30 yoshlardagi raqs o‘qituvchisini qo‘lga oldi», — deyiladi xabarda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan ayol xususiy raqs akademiyasini boshqargan va bir soatlik dars uchun 10 dollar haq olgan. Bundan tashqari, ayol mahalliy partiya amaldorining nabirasi. Manbalarga ko‘ra, xoreografni bunday jinoyati uchun o‘lim jazosi kutmoqda.

Avvalroq Shimoliy Koreyada mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning 2021 yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etgani haqida xabar bergan edik.

Filmda «ozib-to‘zib ketgan» mamlakat rahbari ko‘rinish bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring