Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Moskva universiteti filialida urush propagandasi olib borilayotgani aytilmoqda

Toshkentdagi Moskva universiteti filialida urush propagandasi olib borilayotgani aytilmoqda

Moskvadagi Gubkin neft va gaz universitetining Toshkent filialida talabalarga Ukraina-Rossiya urushi hamda rus harbiy qo‘shinlari haqida ma’ruzalar o‘qilayotgani aytilmoqda.

Bu haqda xabar bergan Meduza nashri o‘zbekistonlik o‘quvchisidan kelgan xatni e’lon qildi.

Muhidjon ismli talabaning yozishicha, universitet filialida «doim Lenin va «buyuk rus shovinizmi» haqida gapirishardi».

«Men Gubkin nomidagi (Moskva) universitetning Toshkent filiali talabasiman. To‘g‘risi, urush boshlanganda men dahshatga tushgan edim. Ular har doim Lenin va «rus shovinizmi» haqida gapirishar edi va men buni mubolag‘a deb o‘ylardim, lekin endi bu haqiqat ekanligini tushunyapman. Mening oilam Ukraina haqida eng iliq xotiralarga ega: bobom va buvim Yalta va Odessada yoshliklarini qanday o‘tkazganliklari haqida gapirib berishadi. Buvim bombardimon videolarini ko‘rib yig‘lab yubordi.

Biz, o‘zbekistonlik yoshlarga ham urush o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Endi bizga har hafta universitetda ma’ruzalar o‘qishmoqda. Unda keksa bir odam bizga SVO («maxsus harbiy operatsiya») va Rossiya qo‘shinlari haqida gapirib beradi. Diniy ishlar bo‘yicha markaz xodimining gapi haligacha esimda, u: «Qadimgi pravoslav rus madaniyatining tashuvchisi sifatida rus qo‘shinlari satanistlarga qarshi kurashmoqda» degan edi. Bu safsata va bema’nilik. Biz, mustaqil O‘zbekiston yoshlarining Ukrainadagi urushga qanday aloqamiz bor?» – deb yozgan talaba.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring