Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush boshidan buyon qancha rossiyalik tinch aholi halok bo‘lgani aytildi

Urush boshidan buyon qancha rossiyalik tinch aholi halok bo‘lgani aytildi

RF Tergov qo‘mitasi Rossiya hududining o‘qqa tutilishi natijasida 600 dan ortiq tinch aholi, jumladan, bolalar halok bo‘lganini aniqladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bugun boshlangan Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi RBK. 

 “Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya hududini o‘qqa tutish natijasida 621 nafar tinch aholi vakillari, jumladan, 38 nafar bolalar halok bo‘lgani aniqlangan va isbotlangan.Kamida 3217 kishi turli darajadagi og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan, ulardan 249 nafari voyaga yetmaganlar”, — dedi Tergov qo‘mitasi rahbari. 

 Tinch aholi qurbonlarining asosiy sababi "fuqarolik infratuzilmasi ob’yektlarini portlovchi qurollar, o‘q o‘qotar qurollar va yengil qurollar, birinchi navbatda chet elda ishlab chiqarilganlardan o‘qqa tutilishi" bo‘lgan. 

 Bastrikin shuningdek, otishmalardan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarni ham ochiqladi: Belgorod, Kursk, Bryansk va Rostov viloyatlari, shuningdek, Krasnodar o‘lkasi, Qrim va Sevastopol (Rossiya tomonidan 2014 yilda anneksiya qilingan). 

Lekin Rossiya tomoni urushda halok bo‘layotgan askarlar soni borasida ma’lumot bermay kelmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring