Shimoliy Koreyada koronavirusdan o‘lganlar bor — Yaponiya

Yaponiyada nashr etiladigan «Sankei Shimbun» haftalik gazetasining xabariga ko‘ra, koronavirus qayd etilmagan deb hisoblab kelingan KXDRda COVID-19dan o‘lganlar soni kamida 267 nafarga yetgan.
«Shimoliy Koreya xalq ozodlik fronti» qochqinlari uyushmasi dokladida KXDRda 48 528 kishi karantinga olingani, 267 kishi vafot etgani aytiladi.
Vafot etganlarning barchasi ilgari koronavirus yuqtirganlar sifatida ro‘yxatga olinganlar. Xamgyon-Namdo provinsiyasida 13 750 kishi (41 ta o‘lim holati), Siniyju shahrida 2 426 kishi (51 ta o‘lim holati), Pxenyanda 125 kishi (5 ta o‘lim holati) karantinga olingan.
KXDRda 1 apreldan jamoat tadbirlarini o‘tkazish cheklangan, barcha fuqarolarga niqob taqib yurish majburiyati yuklangan, deyiladi dokladda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter