Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR o‘z harbiylari Rossiyaga jo‘natilayotganini rad etdi

KXDR o‘z harbiylari Rossiyaga jo‘natilayotganini rad etdi

Foto: Yeni Şafak

KXDRning BMTdagi vakili mamlakat o‘z harbiylarini Rossiyaga jo‘natayotgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi, bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

«Rossiya bilan harbiy hamkorlik deb atalmish narsaga javoban, mening delegatsiyam qoliplangan va asossiz mish-mishlarga izoh berishni zarur deb hisoblamaydi», — deyiladi Shimoliy Koreyaning BMTdagi vakili bayonotida.

Uning aytishicha, bunday xabarlar Pxenyanni obro‘sizlantirish va ikki suveren davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishga qaratilgan.

Avvalroq Janubiy Koreya tomoni Shimoliy Koreya o‘z askarlarini Rossiyaga jo‘natayotgani va ular Ukraina urushiga jalb etilishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring