Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya tovushdan tez uchuvchi raketani sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya tovushdan tez uchuvchi raketani sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya 5-yanvar, chorshanba kuni tovushdan tez uchuvchi raketa sinovlari muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi ma’lum qildi.

Agentlikning qayd etishicha, raketa 700 kilometr masofani bosib o‘tgan va nishonga aniq tekkan. KXDR yetakchisi Kim Chen In sinovlarda ishtirok etmagan.

5 yanvar kuni Janubiy Koreya Qurolli kuchlari KXDR Yaponiya dengizi tomon noma’lum snaryad otgani xaqida ta’kidlagandi. Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR taxminan 500 kilometr masofaga ucha oladigan ballistik raketani uchirgan.

Qayd etilishicha, bu KXDR qurollarining joriy yilda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan birinchi sinovidir. Shimoliy Koreya oxirgi marta o‘tgan yilning kuzida raketa sinovlarini o‘tkazgan edi.

Avvalroq, KXDR yetakchisi Kim Chen In Mehnat partiyasi plenumidagi chiqishi chog‘ida mamlakat 2022 yilda «buyuk o‘lim jangida» g‘alaba qozonishi zarurligini e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring