«Menga rahmat aytinglar»: Tramp Shimoliy Koreya bilan urushning oldini olganini aytib maqtandi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika va Shimoliy Koreya o‘rtasida urush boshlanishining oldini olgani uchun rahmat aytishlarini so‘ragan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bilan muzokaralar samara bergan.
«Sakkiz oydan beri raketa yoki yadroviy qurolni sinovdan o‘tkazish kuzatilmadi. Butun Osiyo oyoqqa turgan. Faqat soxta yangiliklarning ketidan quvishga odatlangan OAVni o‘ziga ravo ko‘rgan muxolifat partiya e’tiroz bildirishdan to‘xtamayapti. Agar men bo‘lmaganimda, hozir biz Shimoliy Koreya bilan urushayotgan bo‘lar edik», — deb yozgan Amerika rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter