Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya bir yo‘la uchta raketasini uchirdi

Shimoliy Koreya bir yo‘la uchta raketasini uchirdi

Foto: «Vesti»

Shimoliy Koreya hududidan bir yo‘la kamida uchta qisqa masofali raketa uchirildi. 12-may kungi raketalar harakatini kuzatgan Janubiy Koreya harbiylari shunday xulosaga kelishdi.

Koreya Respublikasi armiyasi shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, raketalarga Pxenyanga yaqin Sunan aerodoromi atrofidan start berilgan.

KXDR raketalari uchirilganini avvalroq Yaponiya mudofaa vazirligi ham qayd etgandi. Raketalar maxsus iqtisodiy zona hududidan tashqariga kelib tushgan.

Shunga qaramasdan, Yaponiya bosh vaziri devonida favqulodda inqiroz guruhi yig‘ildi. Mamlakatning qirg‘oq mudofaa xizmati hodisa haqida xabar berib, raketa bo‘laklariga duch kelingan taqdirda darhol xabar berishni va ularga teginmaslikni so‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring