Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya AQShni «og‘zini yumib» o‘tirishga chaqirdi

Shimoliy Koreya AQShni «og‘zini yumib» o‘tirishga chaqirdi

Shimoliy Koreya rasmiylari G‘arb OAVlarining Ukrainadagi maxsus operatsiya uchun Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqidagi xabarlarini qat’iyan rad etib, AQShga «og‘zingni berkitib o‘tirishini» va yolg‘on mish-mish tarqatmaslikni maslahat berdi. Bu haqda Newsweek ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlarni «og‘zini yopishga» chaqirdi va Ukraina hududida maxsus operatsiya o‘tkazishda yordam berish uchun Rossiyaga qurol eksport qilgani haqidagi G‘arb matbuotidagi xabarlarni rasman rad etdi.

Amerikaning The New York Times nashri yaqinda chop etilgan maqolasida «qurol yetkazib berishdagi qiyinchiliklar» tufayli Rossiya «Shimoliy Koreyadan millionlab raketa va artilleriya snaryadlarini sotib olishga majbur bo‘lganini» ta’kidlangan.Shu bilan birga, Shimoliy Koreya «Rossiyaning tomoniga o‘tdi» va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini allaqachon tan olgan kam sonli davlatlardan biriga aylandi, deyiladi maqolada.

Shimoliy Koreya qurollari Rossiyaga yuborilgani haqidagi har qanday ayblovlarni qoralab, buni AQShning «rasmiy Pxenyanning xalqaro maydondagi imijiga dog‘ tushirishga qaratilgan qasddan urinishi»  deb atagan.

«Biz ilgari hech qachon Rossiyaga qurol yoki o‘q-dori eksport qilmaganmiz va eksport qilishni rejalashtirmayapmiz. Qo‘shma Shtatlar tomonidan tarqatilayotgan mish-mishlar qayerdan kelgani noma’lum, ammo ular KXDR obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan», – deydi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rasmiy vakili.

«Biz Qo‘shma Shtatlarni o‘zining asosiy siyosiy va harbiy maqsadlariga erishish uchun KXDRga qarshi o‘ylamay mish-mish tarqatayotganini qoralaymiz. Biz AQShni o‘ylamasdan so‘zlarni aytishni to‘xtatish va og‘zini yumish haqida ogohlantirmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi Koreya rasmiysi.

Shuningdek, Shimoliy Koreya rasmiyining aytishicha, nafaqat harbiy texnikani ishlab ishlab chiqarish, egalik qilish, uni eksport va import qilish «suveren davlatga xos bo‘lgan qonuniy huquqdir». Shunday ekan, hech kimning bunday eksportni tanqid qilishga va qoralashga haqqi yo‘q,

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring