Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In xalqini kamroq ovqatlanishga chaqirdi

Kim Chen In xalqini kamroq ovqatlanishga chaqirdi

Foto: «Fokus»

Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen In navbatdagi chiqishlaridan birida xalqidan ishtahasini jilovlab turishni, ya’ni kamroq ovqatlanishni so‘radi. Dohiyning  «iltimosi» — KXDRda qonun.

Kimning ta’kidlashicha, yarim ochlik tezda o‘tib ketadi: «atigi» 2025-yilgacha kutilsa bas, Xitoy bilan chegaralar ochilsa oziq-ovqat oqib kelaveradi. Hozir koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopiq.

Biroq oziq-ovqat va boshqa mollar taqchilligidan narxlar tinmay oshayotgan Shimoliy Koreyada yashovchilar bir necha yil kutish tugul, ko‘proq kelayotgan qishdan eson-omon chiqib olishni o‘ylashmoqda. Kamarni yanayam mahkamroq bog‘lashdan boshqa tanlovning o‘zi yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring