Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi 3 million doza Sinovac vaksinasidan voz kechdi

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi 3 million doza Sinovac vaksinasidan voz kechdi

Foto: «Scmp.com»

Shimoliy Koreya hukumati Xitoyning koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi Sinovac vaksinasining 3 million dozasini qabul qilishni rad etdi va ularni boshqa mamlakatlarga yuborishni talab qildi. Bu haqda YuNISEF ma’lumotlariga asoslanib South China Morning Post xabar berdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR mamlakatga COVID-19ga qarshi dori-darmonlar olib kirilishi cheklanganligi va «kasallikning boshqa mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan tarqalishi» tufayli shunday qaror qabul qilgan.

Pxenyan butun dunyo bo‘ylab kasallikka qarshi preparatlar tarqatuvchi JSST COVAX emlash dasturi bilan hamkorlikni davom ettirishini ta’kidlagan.

YuNISEF xabar berishicha, respublika «yaqin oylar»da boshqa turdagi vaksinalar olib kelinishi rejalashtirilgan.

Iyul oyida KXDR hukumati AstraZeneca vaksinasini yetkazib berishga to‘sqinlik qilgandi. Shimoliy Koreya hukumati logistika sohasidagi mutaxassislarni mamlakatga kiritishni rad etdi va vaksinani qabul qilmasligi haqidagi hujjatga imzo chekishdan bosh tortgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring