Xitoyda odamlarga yuqadigan yangi HKU5-CoV koronavirusi topildi

Vashington universiteti (AQSh) olimlari Xitoyda mutatsiyaga uchragan va turlar orasida yuqishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus topilgani haqida xabar berishdi. U HKU5-CoV‑2 deb nomlandi.
Tadqiqotchilar Merbecoviruses deb nomlangan koronaviruslarning kamroq ma’lum bo‘lgan kichik guruhini o‘rganishdi, bu HKU5 va Yaqin Sharq respirator sindromini keltirib chiqaradigan MERS-CoVni o‘z ichiga oladi. Ular HKU5 oqsilidagi kichik o‘zgarish uning odamlarda ACE2 hujayralariga biriktirilishiga imkon berishini aniqladilar. Yangi virus nafas yo‘llari va ichaklarda ham infeksiyalanishi va ko‘payishi mumkin. Tadqiqot Nature Communications jurnalida chop etildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq respirator sindromi bilan kasallanganlarning taxminan 35 foizi vafot etadi. 2012-yildan beri 27 mamlakatda kasallik qayd etilgan, natijada 858 kishi infeksiya tufayli vafot etgan. U tuyalar orqali yuqadi.
HKU5 birinchi marta fevral oyida xitoylik olimlar tomonidan ko‘rshapalaklarda topilgan. Biroq, mutaxassislar xavflarni oshirib yuborishdan ogohlantirmoqda: virus COVID-19 pandemiyasini keltirib chiqargan Sars-CoV-2 kabi inson hujayralariga osonlikcha kira olmaydi.
Virusolog va tadqiqot yetakchilaridan biri, professor Maykl Letko shunday dedi: "HKU5 viruslari avval kam o‘rganilgan bo‘lsa-da, bizning tadqiqotimiz ular hujayralarni yuqtirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ular odamlarga yuqishdan bir qadam narida ekanligini aniqladik".
Garchi xavf yuqoriligicha qolayotgan bo‘lsa-da, bu allaqachon sodir bo‘lganligi haqida hech qanday dalil yo‘q, deb yozadi mualliflar. Hozircha vahima qilishning hojati yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter