Shimoliy Koreya yangi raketa sinovini o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yangi boshqariluvchi taktik raketani sinovdan o‘tkazdi. Sinov shaxsan Kim Chen Inning kuzatuvi ostida o‘tkazilgan.
Snaryad 50 kilometr balandlikda uchdi va maksimal uchish masofasi 410 kilometrni tashkil etdi. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, ushbu raketa mamlakatning mudofaa tizimiga ulkan o‘zgarish kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Shimoliy Koreya raketa uchirish uchun qo‘shimcha bir nechta maydonlar qurgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter