Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdorda qurol yetkazib berdi

Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdorda qurol yetkazib berdi

G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmayotgan bir paytda, Shimoliy Koreya olti oy davomida Rossiyani faol ravishda qurol bilan ta’minlab kelmoqda.

O‘tgan yilning sentyabrida Vladimir Putinning Kim Chen In bilan uchrashuvidan so‘ng artilleriya snaryadlarini yetkazib berish tezlashdi va KXDR ulardan 6700 ga yaqin konteyner jo‘natdi, dedi Janubiy Koreya mudofaa vaziri Shin Von Sik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konteynerlarda 3 millionga yaqin 152 millimetrli snaryadlar bo‘lgan.

KXDR o‘zining janubiy qo‘shnisi bilan harbiy to‘qnashuvga doim tayyor bo‘lib, ulkan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarga ega. Stokgolmdagi Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya armiyasi NATOga a’zo barcha davlatlarnikidan ko‘proq artilleriya quroliga ega va zaxirada o‘n millionlab snaryadlar mavjud. Harbiy-sanoat majmuasi mamlakatning asosiy ish beruvchisi bo‘lib, bu sohada 26 million aholidan 2 millioni ishlaydi.

Vazir Shinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol evaziga oziq-ovqat yetkazib beradi, bu esa ikkinchisiga asosiy mahsulotlar, shuningdek, qurol ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va butlovchi qismlar narxlarini barqarorlashtirish imkonini berdi. Agar qurol yetkazib berish ko‘paysa, Rossiya Pxenyanga ko‘proq harbiy texnologiyalarni taqdim qilishi mumkin, bu esa mintaqadagi beqarorlik xavfini oshiradi, deya qo‘shimcha qildi Sin.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga ballistik raketalar ham yetkazib beradi – ularning parchalari, xususan, Xarkov viloyati o‘qqa tutilganidan keyin topilgan.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi Ukrainaga mart oyida va’da qilingan 1 million snaryadning atigi 30 foizini yetkazib berdi, dedi yaqinda prezident Vladimir Zelenskiy.

Yevropa Ittifoqi joriy yil oxirigacha yillik ishlab chiqarish hajmini 1,1 millionga, 2025 yilda esa 2 millionga yetkazishni kutmoqda. Yevropa Kiyevni tezda yetarlicha o‘q-dorilar bilan ta’minlay olmasligini anglagan Chexiya o‘tgan haftada snaryadlar xarid qilish uchun 1,5 milliard dollarlik reja taklif qildi. «Biz 2025 yilga kelib Yevropa va Ukrainada yetarli miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqarilishi kerak, deb hisoblaymiz, biroq ungacha bu bo‘shliqni yopishimiz kerak», — dedi Chexiya bosh vaziri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring