Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha tashabbusiga qarshi chiqdi

Rossiya AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha tashabbusiga qarshi chiqdi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar qo‘mitasi ekspertlarining mandatini uzaytirish bo‘yicha AQSh rezolyusiyasini blokladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan, Xavfsizlik kengashining barcha a’zolari rezolyusiyani qabul qilish uchun ovoz bergan.

Qaror matniga ko‘ra, ekspert guruhining vakolatini 2025 yilgacha uzaytirish taklif qilinmoqda.

Avvalroq Reuters agentligi Rossiya BMTning Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar rejimining kelajagi haqidagi rezolyusiyasiga veto qo‘yishi ehtimoli borligi haqida xabar bergandi. Bunday veto, BMT diplomatining fikricha, Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi Ekspertlar guruhining tarqatib yuborilishiga ham olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina urushi va Rossiyaning xalqaro maydonda yozg‘izlanishi rasmiy Moskva va Pxenyan aloqalarining rivojlanishiga olib keldi. G‘arb nashrlari so‘nggi vaqtlarda KXDR faol tarzda Rossiyaga snaryadlar yetkazib berayotgani haqida yozmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring