Shimoliy Koreya AQShga tahdid qildi
Shimoliy Koreya, agar boshqa davlatlar, xususan, AQSh koinotdagi sun’iy yo‘ldoshlarini sabotaj qilishga urinsa, oqibatlari yomon bo‘lishi bilan tahdid qildi.
KXDR bunday hujumlarni urush e’lon qilinishi deb hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters KXDR Markaziy telegraf agentligi (KCNA) ma’lumotlariga tayanib.
Shimoliy Koreya «kosmik faoliyatga har qanday aralashuvga javoban AQSh razvedka sun’iy yo‘ldoshlarining yo‘q qilinishi» haqida ma’lum qildi.
Avvalroq Shimoliy Koreya razvedka yo‘ldoshi Oq uy va Pentagonni suratga olgani, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In esa ularni allaqachon ko‘rgani haqida xabar berilgandi.
Ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldosh AQSh va Janubiy Koreya harbiylarining harakatlarini kuzatish uchun mo‘ljallangan, qayd etiladi Pxenyan vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter