Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hamda KXDRning yuqori martabali amaldorlari Singapurda uchrashadilar

AQSh hamda KXDRning yuqori martabali amaldorlari  Singapurda uchrashadilar

Foto:«RT.com»

«AQSh hamda KXDRning yuqori martabali amaldorlari bugun, 29-may kuni Singapurda uchrashadilar», — deya xabar bermoqda «Gazeta.ru». 

Xabarda qayd etilishicha, Shimoliy Korea delegatsiyasiga KXDR davlat kengashi raisi o‘rinbosari Kim Chxan Son rahbarlik qiladi. AQSh tomondan esa tezkor shtab rahbari o‘rinbosari Jo Xagin ishtirok etadi.

Taraflar AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasida rejalashtirilayotgan uchrashuv bo‘yicha xavfsizlik va protokol bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.

Avvalroq Amerika hukumati Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirmaslik haqida qaror qabul qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring