AQSh - KXDR sammitida Janubiy Koreya ham qatnashmoqchi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvida, agar tomonlar kelisholsa, qatnashishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In shimoliy koreyalik hamkasbi bilan kecha ikkala Koreya o‘rtasidagi betaraf hududda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasida uch tomonlama oliy darajadagi uchrashuvda qatnashish umidi borligini aytgan.
Shu yil 12-iyun kuni Singapurda AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilayapti. Avvalroq rasmiy Vashington bu uchrashuvni bekor qilgan edi, endi esa yana uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha Shimoliy Koreya bilan muzokara olib borayapti.
«Bu munozaralar (AQSh va Shimoliy Koreya sammiti) – boshlanishi. Shu bois biz uni amalga oshirish tarafdorimiz. Natijalarga qarab prezidentimiz Singapurda AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari bilan birga bo‘ladi», – deyiladi «Ryonxap» axborot agentligi xabarida.
Tramp uchrashuvni bekor qilishi bilanoq Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In bilan ikkala Koreya o‘rtasidagi betaraf hududda uchrashgan edi.
Trampning aytishicha, AQShning Seuldagi sobiq elchisi Kim Son Amerika–Shimoliy Koreya sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Pxenyanga borgan.
Shimoliy Koreya AQSh bilan yadro dasturini to‘xtatish evaziga tinchlik kelishuviga erishsa, Vashington mintaqada harbiy operatsiyalar yuritish uchun kamroq sabablarga ega bo‘ladi. AQSh bilan tinchlik bitimiga erishish orqali Amerikaning Janubiy Koreya va Yaponiyaga yangi qurol-aslahalar sotishini kamaytirishga erishiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter