Kim Chen In uy itlarini musodara qilishni buyurdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat poytaxti Pxenyandagi barcha uy itlarini musodara qilishni buyurdi. Mamlakat rahbarining fikricha, uyda it saqlash odati G‘arbga xos tubanlik ramzidir. Bu haqda «Fox News» yozmoqda.
Kimning qarori iyul oyida chiqqandi, ta’kidlanishicha, uyda it saqlash odati «buzuq burjua g‘oyalari» mahsulidir.
«Oddiy odamlar cho‘chqa va boshqa uy hayvonlarini boqayotgan bir sharoitda yuqori mansabdor shaxslar va boylar ermakka uyda it saqlashlari jamiyatning quyi qatlamlarida ayrim noroziliklarni uyg‘otishi tayin. Shu boisdan hukumat uyida iti bor oilalarni aniqlab, bu hayvonlarni yo‘q qilish uchun berishga majburlayapti yoki kuch ishlatib tortib olmoqda», — deyiladi shu manba xabarida.
Pxenyandagi itlarning egalari esa boshqa narsadan xavotirdalar, Shimoliy Koreyadagi oziq-ovqat muammosi hamda mahalliy aholining taomnomasi nazarda tutilsa, itlarning musodara qilinishi ortida boshqa narsa yotgan bo‘lishi ehtimoli katta...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter