Shimoliy Koreya uchirgan sun’iy yo‘ldosh nosozlik tufayli dengizga quladi
Bugun, 31 may kuni Shimoliy Koreya sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi «Chollima-1» sun’iy yo‘ldosh raketasi dvigatel va yonilg‘i tizimidagi beqarorlik tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Bu Shimoliy Koreyaning sun’iy yo‘ldoshni uchirishga bo‘lgan oltinchi urinishi hisoblanadi. Shimoliy Koreya 2016 yilda ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshini uchirgan edi.
Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, harbiylar kosmik raketaning qismlari yig‘ib olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter