Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xirosimadagidan 17 karra kuchli: Shimoliy Koreyada sinalgan yadro bombasi tog‘ni siljitib yubordi

Xirosimadagidan 17 karra kuchli: Shimoliy Koreyada sinalgan yadro bombasi tog‘ni siljitib yubordi

Foto: «Daily Mail»

Hindistonlik olimlar Shimoliy Koreya 2017-yili sinovdan o‘tkazgan yadro bombasi kuchini hisoblab chiqishdi, deya xabar berdi «Daily Mail». Buning uchun Yaponiya 2014-yili fazoga chiqargan «Advanced Land Observing 2» yo‘ldoshiga o‘rnatilgan radar uzatgan ma’lumotlardan foydalanildi.

Foto: «Daily Mail»

Ana shu sinovlardan so‘ng Yer yuzasi o‘zgarishlarga uchragani apparat tomonidan qayd etilgan ekan. Portlash Mantapsan tog‘ida, dengiz sathidan 1660 metr balandlikda amalga oshirilgan.

Foto: «Daily Mail»

Yadro bombasi portlashidan keyin tog‘ning baland qismi bir necha metrga surilib qolgan. Cho‘qqining o‘zi esa naq 50 santimetrga siljigan. Tadqiqot mualliflari yadro bombasi portlagan joyda diametri 66 metrlik o‘ra paydo bo‘lgan degan taxminni ilgari surishyapti.

Yakunda olimlar koreyslar portlatgan yadro bombasining kuchi 245 dan 271 kilotonnagachani tashkil etadi degan to‘xtamga kelishdi.

Foto: «Daily Mail»

Ma’lumot uchun: 1945-yilning 6-avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasining kuchi 15 kilotonnaga teng edi. O‘shanda shaharning katta qismi vayronaga aylanib, bevosita portlashning o‘zidan 70 ming kishi halok bo‘lgan, yana 60 ming kishi nurlanish, kuyish va olingan jarohatlar oqibatida vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring