Shimoliy Koreyada ikki amaldor qatl etildi
Koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan Shimoliy Koreya hukumati ikki nafar amaldorni qatl etdi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga asoslanib «Associated Press» xabar berdi.
Qatl etilganlarning biri, pandemiya sharoitida chegarada bojxona nazorati kuchaytirilishiga qaramay, taqiqlangan mollarni mamlakatga olib kirgan, ikkinchisi esa valyuta ayirboshlashda firibgarlikda ayblangan edi.
Janubiy Koreya razvedkasi ta’kidlashicha, KXDR rahbari Kim Chen In iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida «qaltis ishlar»ga qo‘l urmoqda, xususan, xom ashyo mahsulotlari narxini oshirib, sanoat mahsulotlari hajmini kamaytirgan.
Bundan tashqari, baliq ovlash va tuz ishlab chiqarishni to‘xtatib turishga buyruq berilgan (dengiz tuzi koronavirus bilan zararlangan bo‘lishidan xavotirlanishmoqda).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter