Shimoliy Koreya amerikalik qochoq askar bo‘yicha bir qarorga keldi
Shimoliy Koreya mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan va siyosiy boshpana so‘ragan amerikalik askar Trevis Kingni mamlakatdan chiqarib yuboradi.
The Associated Press agentligining xabar berishicha, Shimoliy Koreya hukumati iyul oyida mamlakat chegarasini kesib o‘tgan va go‘yoki KXDRdan siyosiy boshpana so‘ragan AQSh armiyasining oddiy askari Trevis Kingni deportatsiya qilishini bildirgan.
King haqiqatan ham Amerika armiyasidagi holatni tanqid qilganmi yoki bu Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarining tashviqot harakatimi yoki yo‘qligini tekshirish mumkin emas.
Nima bo‘lganida ham, oddiy shaxsga siyosiy boshpana berilmaydi: u mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ammo bu qachon va qanday amalga oshirilishi ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter