Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy rahbari Shimoliy Koreyaga 14 yildan beri ilk rasmiy tashrif bilan boradi

Xitoy rahbari Shimoliy Koreyaga 14 yildan beri ilk rasmiy tashrif bilan boradi

Foto: «Inosmi»

XXR raisi Si Szinpin Shimoliy Koreyaga ilk rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda «South China Morning Post» xabar berdi.

«Bloomberg» agentligi manbasiga ko‘ra, rasmiy tashrif 20-21-iyun kunlari KXDR yetakchisi Kim Chen In taklifi asosida amalga oshiriladi. Sin Szinpin ushbu tashrifidan so‘ng Yaponiyada o‘tadigan «Katta yigirmatalik» sammitida qatnashadi.

Ta’kidlash kerakki, Xitoy raisi KXDRga so‘nggi 14 yilda ilk rasmiy tashrif bilan boryapti. Oxirgi marta Shimoliy Koreyaga XXR raisi Xu Dzintao borgandi. Kim Chen In esa o‘tgan yilning o‘zida Xitoyga uch marta kelib ketdi.

KXDR rahbari 2019-yil yanvar oyida ham Xitoyga kelgandi. Unga bu tashrif davomida rafiqasi Li Sol Chju, KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo hamda Koreya Mehnat partiyasi Yagona fronti bo‘lim boshlig‘i Kim Yon Chxol hamrohlik qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring