Tramp: «Kim juda aqlli yigit»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Fox News» telekanaliga «asr uchrashuvi» taassurotlari haqida intervyu bera turib Shimoliy Koreya yetakchisini juda ajoyib va aqlli yigit degan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«U ajoyib va juda-juda aqlli.U a’lo darajada muzokarachi. U strategik fikrlaydigan odam», – degan Tramp.
Tramp Kim bilan darhol chiqishib ketgan.
«Shimoliy Koreya yetakchisi notiqlikda ba’zan his-hayajonga berilib, qo‘pollik ham qilib qo‘yadi. Lekin bu xatti-harakati unga yarashar ekan», – degan Tramp.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter