Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi

O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirdi. TIV bayonotida ushbu holatning «Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga» sabab bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

«BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz.

O‘zbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yo‘lida Koreya yarim orolida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faol qadamlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», – deyiladi TIV bayonotida.

Ma’lumot uchun, joriy yil 31-may kuni Shimoliy Koreya sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiquvchi raketa tashuvchi uchirilganini e’lon qilgan va bir muddat o‘tib, raketa reja qilingan manzilga yetib bormagani hamda radarlardan g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Keyinroq Shimoliy Koreya raketasining Janubiy Koreyaning Ocheon-do orolidan 200 kilometr g‘arbda dengizga qulaganini ma’lum qilindi.

Yaponiyaning NHK telekanali ham manbalariga tayanib, raketa parvoz paytida radarlardan g‘oyib bo‘lgani va uning bir qismi Koreya yarim orolining g‘arbiy sohillari yaqinida dengizga qulagani haqida xabar tarqatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring