Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Bugun seshanba kuni yadro quroliga ega Shimoliy Koreya besh yil ichida birinchi marta Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi, Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa Yaponiya ustidan uchib o‘tib, Tinch okeaniga tushgan. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Mahalliy TV Asahi telekanali va uning hukumatdagi manbalariga ko‘ra, snaryad Yaponiyadan 3000 kilometr uzoqlikda qulagan. Yiqilishning aniq joyi noma’lumligicha qolmoqda. Yaqin oradagi kemalarga raketa qulagan joyga yaqinlashmaslik tavsiya qilingan. Kemalar va samolyotlarga yetkazilgan zarar haqida ma’lumot olinmadi.

Yonhap agentligi Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketaning tezligi 17-machga yetganini xabar qilgan.

Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, snaryad 4,5 ming kilometrga yaqin uchib, maksimal parvoz balandligi 970 kilometrni tashkil etgan. Yaponiya Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa maksimal balandligi ming kilometr bo‘lgan 4,6 ming kilometr masofani bosib o‘tgan.

Yaponiyada Shimoliy Koreya raketasi uchirilganidan so‘ng favqulodda ogohlantirish tizimi ishga tushdi. Mamlakat hukumati shimoliy hududlar aholisiga derazadan uzoqroq turishni va boshpana topishni tavsiya qildi. Hodisa munosabati bilan Yaponiya KXDRga keskin norozilik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring