Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, ba’zida ayrim odamlar noqonuniy ish yoki xavfli takliflarga undashi mumkin.
Shuning uchun quyidagi holatlarga duch kelsangiz, aldanmang va rad eting:
- «Maoshingni soliqdan ozod qilamiz» — bu noqonuniy;
- «Yashirincha qo‘shimcha ishlaylik» — ish vizangiz buzilishi mumkin;
- «Kel, qimor o‘ynaymiz» — bunday o‘yinlar ko‘p hollarda noqonuniy va jazolanadi;
- «Boshqa tashkilotda ishlayver, men rezident kartani yasatib beraman» — yasama ID kartalardan foydalanmang;
- «Boshqa odamning bank kartalarini ishlatmang va o‘z bank kartangizni sotmang» — bank kartalari savdosi, katta jinoyatlarga qo‘shilib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda. Har qanday ishni boshlashdan oldin rasmiy hujjatlaringiz va vizangiz shartlarini tekshiring, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter