
Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Vazir o‘rinbosari hokim etib tayinlandi
Tayinlovga qadar u suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sardoba suv omborini loyihalashtirgan va qurgan mas’ullarga sud hukmi o‘qildi
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sardobada mudhish qotillik sodir etildi
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida mudhish qotillik jinoyati sodir bo‘ldi.

Olib qochilgan avtomashina shu ahvolda topildi
Joriy yilning 9-aprel kuni soat 04:00dan soat 06:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida oq rangli «Nexia-1» olib qochildi.

Vazir ishdan ketdi, xo‘sh, endi chiroq o‘chmaydimi?
Sohada inqilobiy o‘zgarishni (deylik, butun qishlog‘u ovullarni uzluksiz gaz va tok bilan ta’minlash) amalga oshirish shunchaki unga bog‘liq emas.

Sardoba talofatidan so‘ng qayta tiklangan masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (video+foto)
Sirdaryoda yana bir masjidning yangi binosi foydalanishga topshirildi — Masjidning ochilish marosimida muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirok etdi.

Sardoba fojiasi oqibatlaridan foyda ko‘zlagan sobiq mahalla raisi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi Oqoltin tumani bo‘limi tomonidan fuqaro X.B.ning arizasiga asosan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.

«Menga Sardoba suv ombori «maktabi» yetadi» — Prezident
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi.

O‘zbek xalqining og‘ir damlarda birlasha olishini ko‘rsatadigan kitob nashr etildi
Bugun AOKAda «O‘zbekiston» nashriyoti bilan hamkorlikda nashr etilgan «Ofat va matonat» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Sardoba toshqinida zarar ko‘rgan tadbirkorlarga qo‘shimcha 126 milliard so‘m ajratilmoqda
Senat Kengashi yig‘ilishida «Sardoba suv ombori» to‘g‘onida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 kishiga sud hukmi e’lon qilindi
2021-yil 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Sardoba to‘g‘oni yorilishining uch asosiy sababi aytildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Sardoba suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish va uning sabablarini o‘rganish natijalari yuzasidan anjuman o‘tkazildi.

Sardoba suv omborini tiklashda rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinyapti —Qurilish vazirligi
Qurilish vazirligida «Sardoba suv omborini qayta tiklash rejalari va amalga oshiriladigan vazifalar» mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida hozirgi kunda Sardoba suv omborini qayta tiklash bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

«Sardoba» suv omobori qaytadan quriladi
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omoborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilingan.

Sardobada daraxt kesganlarga qariyb 127 million so‘m jarima solindi
Hozirda to‘plangan hujjatlar jinoiy ishlar bo‘yicha Sardoba tuman sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Sardobada vahima tarqatganlar ushlandi (video)
Bunday vahima tarqalishi oqibatida Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlarida ayrim kishilar o‘z yashash hududlarini tark etishga oshiqishdi. Viloyat hokimi tezda ushbu tumanlarga yetib borib, odamlarni tinchlanishga chaqiradi.

Sardobada vahima tarqaldi. Hokim odamlarni tinchlantirishga chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar kuni yarim tunda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi.

Suv toshqinidan talafot ko‘rgan bolalar bog‘chasi qayta tiklandi
Muassasa buxorolik quruvchilar tomonidan kapital ta’mirdan chiqarildi.

«Sardoba ishi» yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi
21-dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi» boshlig‘i lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.

Xoldorali aka o‘sha kuni erta turgandi — Sardobadagi bir oila taqdiri
Xoldorali aka o‘sha kuni saharda mol-qo‘yini o‘tlatish uchun dalaga chiqqan edi. Soat tonggi beshlardan o‘tganda g‘alati tovush eshitildi — bir narsa gumburladimi, shitirladimi, bilib bo‘lmadi. Bo‘g‘iq, g‘alati shovqin.

Tekstil korxonasida ishlash uchun nima kerak bo‘ladi?
Cho‘ldagi shahar bitdi, odamlar uylariga kirmoqda. Sardoba suv ombori toshqinidan zarar ko‘rganlar uchun shaharsozlikning so‘nggi namunalariga ko‘ra ko‘pqavatli uylar qurilgani haqida xabar bergan edik. Bu uylarda istiqomat qiladiganlar yangi mahallaning shunday yonginasida qurilgan trikotaj fabrikasida ishlashi ko‘zda tutilgan.

Yangi uylar taqsimlanishga tayyor – Bosh vazir Sirdaryoga bordi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan foydalanish, ularni soz holatda saqlash hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Sardobaga press-tur: hududning qiyofasi qay darajada o‘zgarmoqda? (foto)
2020-yilning 20-oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlariga press-tur tashkil etildi.

Bir qarichi ham bemaqsad qurilmagan — Sardobadagi yangi uylar haqida
Tunov kuni edi, Jizzax tomonlarga yo‘lim tushib qoldi. Baxtdan Oq oltinga olib boradigan yo‘lning adog‘iga yetay deganda ko‘ringan manzaraga chalg‘ib qolibman, yon-atrofdagi mashinalarning signalidan o‘zimga keldim. Ha, tep-tekis joyda birdan shahar paydo bo‘lib qolsa hamki, yo‘lda chalg‘ish yaxshi narsa emas.

Prezident suv toshqinidan jabrlangan odamlar bilan uchrashdi
Shu bilan davlat rahbarining Sirdaryo viloyatiga safari yakunlandi.

Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi yangi korxona va uylarni borib ko‘rdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sardoba Oqsaroy tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Sardoba. Bu yerda hammaning o‘z hikoyasi bor
2020 yil, 1 may. Sardoba fojiasini boshidan o‘tkazgan har bir odamning bu sana bilan bog‘liq o‘z hikoyasi bor. Va o‘sha hikoyaning oxiri ko‘pincha shunday tugaydi — «biz ko‘rdik, endi farzandlarimiz ko‘rmasin».

Prezidentning Sirdaryoga tashrifi boshlandi. Davlat rahbari dastlab «Haqiqat» mahallasiga bordi
Davlatning davlatligi, xalqning xalqligi qiyin paytlarda bilinadi. Afsuski, 2020 yil juda og‘ir keldi. Koronavirus balosi, u keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz yetmaganidek, bir hafta ichida Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy-texnogen ofatlar ro‘y berdi.

«Sardoba ishi»ga daxldor mansabdor shaxslar soni ko‘paydi
Avvalroq ushbu ishga aloqador 9 nafar shaxs ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning qayd etishicha, «Sardoba ishi»ga aloqador shaxslar soni oshgan.

«Sardoba xarobalarida» yashayotgan oila voqeasiga rasmiy munosabat bildirildi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Sardoba xarobalarida» sarlavhasi ostidagi xabar va unga ilova qilingan videoga Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati o‘z munosabatini bildirdi.

«Sardoba xarobalarida». Molxona-omborxona 5 yoshli bola va uning oilasiga boshpana bo‘ldi
Sardoba fojiasi ro‘y berganiga ancha vaqt bo‘ldi, ammo uning og‘riqli asoratlari hamon arigani yo‘q. Bloger Aziza Umarova to‘fon o‘pirilishi oqibatida qiyin ahvolda qolgan bir oila taqdiri haqida hikoya qildi.

Sinovli kunlarda prokurorlar qancha xayriya qilishdi?
Bugungi sinovli kunlar kim aslida kim ekanini ko‘rsatadigan oyna vazifasiniyam o‘tamoqda.

Tanzila Norboyeva: «Bu yil og‘ir keldi»
Bugun, 5-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining Sirdaryo viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.

«Sardoba» to‘g‘oni o‘pirilishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi
Dastlabki tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida quyidagi asosiy taxminlar tekshirildi. Loyihalashdagi xatoliklar, qurilish jarayonida me’yorlarga rioya qilmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.

«Sardoba» fojiasi yuzasidan bir guruh mansabdor shaxslar qamoqqa olindi — Bosh prokuratura
Bosh prokuratura matbuot xizmati «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Sardobaliklarni «tuya ustida ham» it qopyaptimi?
Rahbar nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, 53 mln so‘mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan!

Sardobalik ayol yoshlar o‘z uyida ish bilan ta’minlanishi, turmush farvon bo‘lishiga ishonmoqda
«Sardoba» suv omboridagi falokat natijasida birinchi o‘rinda talofat ko‘rgan aholi turar joylarini ta’mirlash va yangidan qurish bo‘yicha olib borish bo‘yicha mamlakatimiz bo‘ylab katta safarbarlik harakati boshlandi. Bugungi kunga kelib ko‘plab odamlar o‘z qadrdon go‘shalariga qaytmoqda, turmush sharoitlarini o‘nglab, to‘kis hayot kechira boshlamoqda. Toshqindan zarar ko‘rgan

O‘z uyini qurgan Sardobaliklarga maosh va 40 million so‘mdan pul berildi
«Sardoba» suv omboridagi falokat natijasida birinchi o‘rinda talofat ko‘rgan aholi turar joylarini ta’mirlash va yangidan qurish bo‘yicha olib borish bo‘yicha mamlakatimiz bo‘ylab katta safarbarlik harakati boshlandi.

Sardoba suv omborining o‘pirilishi natijasida yopilgan yo‘l kunduzi harakatlanish uchun ochildi
Xabaringiz bor, 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan o‘pirilish natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yo‘nalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga ham jiddiy talofat yetgan edi.

Sardoba toshqini tufayli zarar yetgan ekin maydonlari aniqlandi
Sardoba toshqini ortidan talofat ko‘rgan ekin maydonlari aniqlandi. Dastlabki hisob kitoblar bo‘yicha jami suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari ekinzorlarining umumiy maydoni 19 592 gektarni tashkil etib, shundan 5 361 gektar Sardobaga, 8 723 gektar Oqoltinga, 5 508 gektar Mirzaobod tumaniga to‘g‘ri keladi.

Zoologlar ko‘rsichqon va tulkilar Sardoba to‘g‘oniga ta’sir qilmaganini tasdiqladi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha Sirdaryoda safarda bo‘ldi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmatixabar berdi.

Sardobaliklar uchun yangi gaz taqsimlash stansiyasi qurilmoqda
Sardobaliklarni tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun gaz taqsimlash stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy kanalida xabar berilgan.

IIV YHXBB haydovchilarga murojaat qildi
Joriy yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv omborining to‘g‘oni buzilishi natijasida suv chiqib, ombor atrofidagi yaqin hududlar suv tagida qolib falokat ro‘y berganidan xabaringiz bor.

Sardoba fojiasiga aloqador ikki shaxs qamoqqa olindi – Bosh prokuratura
Bosh prokuratura Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Darvozadan chiqqan edimki, suv yetib keldi» — Sardobada bir kecha suvda qolib ketgan yigit hikoyasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Sardoba suv omborining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan fojeada omon qolgan yigit hikoyasi e’lon qilindi.

Saida Mirziyoyeva ta’sirli voqeani hikoya qildi
21-may kuni Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududlarga tashrif buyurdi hamda suv toshqini bo‘lgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi.

DXX Sardoba falokati sabab jabrlangan aholiga yordam bermoqda (foto)
Bugungi kunda Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatlarini bartaraf qilishda davlat xavfsizligi xizmati idoralari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

FVV «Sardoba» falokatiga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlariga bag‘ishlangan navbatdagi brifing o‘tkazildi.

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgan
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov 1 may kuni Sardoba suv omborida to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromovga suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi, deb aytilganini tasdiqlagan.

Sirdaryoda kuchli suv oqimida qolib ketgan askar hamon qidirilmoqda
Avvalroq, Sirdaryoda Xalqaro press-klub sessiyasi o‘tkazilgani xabar qilingan edi.

«Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilindi - Bosh prokuratura
Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida falokat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan axborot berildi.

Sardobadagi falokat qurbonlari soniga aniqlik kiritildi
Bugun Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sardoba to‘g‘onini qurishga beton va armatura ishlatilmagani to‘g‘risidagi savollarga javob berildi
Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sardoba to‘g‘oni qurilishida armatura ishlatilmagani, quruq tuproq bilan ko‘tarilgani haqida tarqalgan gap-so‘zlarga javob qaytardi.

Sardoba fojeasi oqibatida qancha uy buzilgani va uy hayvonlari yo‘qolgani ma’lum qilindi
Sardoba suv ombori fojiasi oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m xarajat qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev: «Shu suv ombori kerakmidi, yo‘qmi?»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may, juma kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv toshqinidan aziyat chekkan aholi bilan uchrashuvda Sardoba suv omborining ushbu hudud uchun ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Prezident mirzaobodlik jabrdiydalarga ham 40 million so‘mdan tarqatdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugunning o‘zida Mirzaobod tumanida bo‘lib, favqulodda holatdan talafot ko‘rgan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholiga ajratilgan moddiy yordam miqdori ma’lum bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev suv omborida yuz bergan texnogen avariya juda katta sinov bo‘lganini, Hukumat komissiyasi tashkil etilib, toshqin oqibatlarini bartaraf etishga barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilinganini yana bir bor qayd etdi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobodda ko‘p qavatli uylar quriladi. Prezident uy poydevoriga tamal toshi qo‘ydi (foto)
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Sardobaga keldi
Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70 ta ijtimoiy ob’yekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 kilometr yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan.

Sirdaryoga yuborilgan buyumlarning ayanchli holati bo‘yicha hokimlik munosabat bildirdi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba falokatidan jabrlanganlarga yuborilgan buyumlarning Gulistonda ayanchli holatda yotgani haqida fotolar tarqaldi.

Sardobadagi 150 ta uyni Toshkent viloyati ta’mirlaydi. Karvon yo‘lga tushdi
Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Sardoba suv omborida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yordam berish maqsadida bugun 18 ta qurilish-pudrat tashkiloti vakillaridan iborat guruh Sirdaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Guruh tarkibida 1200 ta quruvchi, 20 ta yuk tashiydigan avtomashina, maxsus formalar, palatkalar, oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.

Ozoda Nursaidova Sardobada boshpanasiz qolganlarga 5ta uy sovg‘a qildi
Xonanda videomurojaatida niyat qilganlar bo‘lsa, uy jihozlarini sotib olishga yordamlashishini so‘ragan.

Sardobadagi chodirlar shaharchasidan fotoreportaj
Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga 2 may kuni yetib kelishdi. Shu kunni o‘zidayoq vaqtincha joylashish uchun chodir shaharcha tiklandi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Sardobaliklarga oziq-ovqat yetib boryaptimi? Ularga ko‘p qavatli uy kerakmi?
7 -10 may kunlari «Mikrofon ko‘targan ayol» kanaliga Sardoba fojeasidan jabr chekkanlardan biri murojaat qildi. Longrid bo‘lgani uchun alohida sahifada e’lon qilinmoqda. Murojaatchi ikki muhim masalani o‘rtaga tashlayapti:

Ermatov, Qosimov, Kapadze, Abramov va Aziz Haydarov Sardobaga yordam ko‘rsatdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbek futboli vakillari Sirdaryo viloyatida yuz bergan Sardoba fojeasidan ziyon ko‘rgan oilalar holidan xabar olishdi.

IIB Sardoba fojiasi bo‘yicha fuqarolarni ogohlikka chaqirdi
2020-yil 1-may kuni Sardoba suv omborida yuz bergan toshqindan jabr ko‘rgan fuqarolarga butun o‘zbek xalqi yordamga oshiqdi. Lekin ushbu ofatni niqob qilib qo‘shtirnoq ichida saxovat pesha fuqarolarimiz ham topilmoqda.

Sirdaryoda 71 mingdan ziyod kishi o‘z xonadonlariga qaytib keldi
Sirdaryo viloyatida toshqin oqibatida zarar ko‘rgan uylar, ijtimoiy binolar yana qayta tiklanmoqda. Yashash uchun yaroqsiz uylar buzilib, joylarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tiklash choralari ko‘rilyapti.

O‘zbekistondagi turk qardoshlar Sardoba fojeasi oqibatlarini bartaraf etishda yordam qo‘lini cho‘zdi
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori falokati tufayli og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yurtimizdagi turkiyalik qardoshlar, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yordam qo‘lini cho‘zdi.

Shunday qiyin davrda Milliy gvardiya qanday ishlamoqda? (video)
«Sardoba» suv omborida yuz bergan falokat oqibatlarini bartaraf etish oson kechayotgani yo‘q. Ayniqsa, milliy gvardiya xodimlari uchun bu jiddiy sinov bo‘ldi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokurorlarni bitta-bitta «ezg‘iladi»
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha joylardagi prokurorlarning axborotini eshitish bilan cheklanilgani yo‘q. Balki ular jiddiy ravishda tanqidiy tahilil qilinib, ancha-muncha prokurorlar «oborib-opkelindi».

Vertolyotda bir kunda 30 tagacha parvozlar amalga oshirilmoqda – Mudofaa vazirligi
1-maydan borish qiyin bo‘lgan nuqtalarga vertolyotlar yordamida jami 200 ga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi. Shuningdek, qayiqlar orqali ham 182 nafar fuqarolar evakuatsiya qilindi.

Sardoba falokati yetkazgan zarar ko‘lami ma’lum qilindi
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Sardoba» suv omborida yuz bergan falokat tafsilotlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura «tanganing ikkinchi tomoni»ni o‘rgandi
Kuni kecha saytimizda «Tanganing ikkinchi tomoni yoxud Sirdaryoda bir kun» sarlavhali maqola Bosh prokuratura tomonidan zudlikda o‘rganildi.

Sardobada yo‘qolgan qizcha Zomindan topildi
Sardobalik Z.Ahmedova ketma-ket sinovlardan karaxt holatga tushgani rost. Avvaliga besh yashar qizi yo‘qolib qoldi.

«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi doirasida 200 mln. so‘mdan ortiq pul yig‘ildi
Sardobada ro‘y bergan ofat natijasida jabrlangan insonlarga ko‘mak va saxovat ko‘rsatishga ko‘pchilik oshiqmoqda.

San’atkorlarning Sardoba fojiasida jabr ko‘rganlar bilan tushgan surati e’tirozlarga sabab bo‘ldi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda o‘zbek shou biznes vakillarining Sardoba fojiasida jabr ko‘rgan aholi vakillari bilan tushgan surati keng tarqaldi.

Sardoba fojiasi. «Bedana oviga borganlar xabar bergan: xalqqa ham, FVVga ham...»
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani «Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Abdisalim domla Azimov bilan suvomboridagi fojia, «Qo‘rg‘ontepa» mahallasidagi hozirgi ahvol haqida Azon.uz suhbat tashkil etdi.

Sardoba. Hukumat komissiyasi tarkibida Ramatov yo‘q, Sanginov bor
Kecha «Lex.uz» milliy qonunchilik bazasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar

Prezident maslahatchisi suv toshqinidan zarar ko‘rgan Qozog‘istondagi hududlarga bordi
Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Qozog‘istonning Turkiston viloyatining favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarida bo‘ldi.

Tanganing ikkinchi tomoni yoxud Sirdaryoda bir kun
Hojatxona uchun ming so‘m so‘ragan yigit, ozg‘in kuchugini qutqarayotganimiz uchun ozroq pul so‘ragan ayol, Gulistonda Qo‘yliqning omboridek manzara kasb etgan shtab, ranglari rangpar ozg‘in homilador ayolning o‘ksib yig‘lagani, birovning qayg‘usidan foydalanib o‘z qo‘shnilarini talon-toroj qilayotgan ba’zi odamlar — bularning bari-barisi ayni damda kuzatayotganimiz — ezgu ishlar, amaliy tashabbuslar qatorida ro‘y berayotgan bugunning real haqiqatlari.

“Salom Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasida navbatdagi yordam manzilga yetib bordi
5-may kuni Adliya vazirligi va “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida jabr ko‘rganlarga ko‘maklashish maqsadida e’lon qilingan “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasida to‘plangan navbatdagi gumanitar yuklar Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

«Kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi!» – Prezident
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Sardobadagi suv toshqiniga sababchi bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi qat’iy ohangda ta’kidlab o‘tildi.

Prezident Sardoba fojiasida 4 kishi halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi
Bu yil insoniyat uchun, shu jumladan biz uchun juda og‘ir keldi. Keyingi bir haftaning o‘zida xalqimiz ketma-ket kutilmagan sinovlarga duch keldi.

FVV «Sardoba» suv ombori o‘pirilishidan yetgan zarar ko‘lamini oshkor qildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi natijasida bo‘lgan toshqindan ko‘rilgan zarar ko‘lamini ma’lum qildi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga norozilik notasini yubormaydi
Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘zbek hamkasblariga O‘zbekiston tomonidan transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yuborishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Nega Sardoba toshqinida bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot berilmayapti?
Sirdaryo viloyatining «Sardoba» suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan toshqinda qurbonlar bo‘lmagani rasmiy xabarlarda bir necha bor qayd etildi.

Oqoltinda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro vertolyotda qutqarildi
Sirdaryo viloyatining «Sardoba» suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi navbatdagi parvoz davomida hamyurtlarimizni qutqardi.

Qozog‘iston suv toshqini tufayli O‘zbekistonga nota yuboradi
Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘zbek hamkasblariga O‘zbekiston tomonidan transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yuboradi.

«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» aksiyasida kariyb 70 million so‘m to‘plandi
Adliya vazirligi va «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan «Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi amalga oshirilmoqda.

Bosh prokuror Sardoba falokati, Prezident qat’iyati, aholi birdamligi va yangi tashkil etilgan shtab haqida gapirdi
Hech shubhasiz, shu kunlarda elimiz boshiga tushgan sinovli kunlar, xususan turli ofatlar asoratlarini ham davlat va xalq hamjihatlikda sharaf bilan yengib o‘tadi.

«O‘zbekneftgaz» Sardoba aholisiga 300 tonna turli mahsulotlardan yordam yubordi
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Sardoba tuman aholisiga 300 tonnaga yaqin turli mahsulotlar 28ta yuk avtomashinasiga ortilgan holda yetkazib berildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Parkentliklar Sardoba fojiasidan talafot ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishdi
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur tuman tadbirkorlari va aholisi toshqindan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatishmoqda.

Sardobadagi falokatda bir Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi, ikkinchisi qidirilmoqda
«Sardoba» suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan.

Bitta dalda ilinji
O‘sha yerdagi insonlar – o‘z uyini, qadrdon go‘shasini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan javdiragan qora ko‘zlarda cheksiz savollar zuhur etgandi: «Endi ahvolimiz nima nima bo‘ladi? Endi qanday yashaymiz? Bolalarimizning taqdiri-chi?..»

Sirdaryoda suvga cho‘kkan 70 ta uy hayvoni sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘mildi – FVV
Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati budjetidan sirdaryoliklarga yordam sifatida 4 mlrd so‘m ajratildi
Qarshi shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining VI chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

IIV suv toshqinida pasportini yo‘qotgan fuqarolarga murojaat qildi
Ichki ishlar vazirligi kanalida Sardoba suv ombori toshqini vaqtida pasportini yo‘qotgan fuqarolarga murojaat qildi.

Avtomat o‘rniga belkurak — harbiylar «Sardoba fronti»ning old marrasida (foto)
Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, jumladan, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham sirdaryoliklarga ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Qozog‘istonda 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Qozog‘iston janubida 10ta qishloq suv ostida qoldi, 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Ular o‘zini tanishtirmadi — Sirdaryo IIB jurnalistlar nima uchun bosimga uchraganini ma’lum qildi
Kecha Sirdaryoda «Human.uz» sayti muxbirlari IIB xodimlarining navbatdagi bosimiga uchragani haqida xabar bergandik.

Ismini aytishni istamagan sartarosh evakuatsiya qilinganlarga tekin xizmat qilmoqda
Ma’lumki, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv omborida suv chiqishi yuzaga kelib, ushbu tumanning Ko‘rg‘ontepa, Yurtdosh va Do‘stlik mahallalari aholisini xavfsiz joyga ko‘chirish, evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Saxovatpeshalar Sardoba sari safarbarlikda
O‘zaro yordam, muruvvat, yiqilganni suyash, beminnat va beg‘araz ko‘mak berish singari qadrulabad fazilatlar xalqimizning jon tomiri va qon tomiriga singishib ketgan.

Sardoba suv ombori qanday tiklanayotgani haqida ma’lumot berildi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborining tiklanishini kuzatish uchun Sirdaryo viloyatiga yetib borgani xabar qilingan edi. Prezident matbuot xizmati tomonidan bu borada batafsil ma’lumot berildi.

Sirdaryodan evakuatsiya qilinganlarning ilk guruhi uylariga qaytdi (foto)
Jizzax viloyati Do‘stlik tumaniga vaqtincha joylashtirilgan 900 nafarga yaqin Sirdaryo viloyati fuqarolari o‘z uylariga qaytarildi. Bu haqda Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Prezident Sardoba suv omborini tiklash ishlari bilan tanishdi (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborini tiklash ishlari bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berib o‘tdi.

Tuyadan tortib oziq-ovqat va kiyim-kechakkacha bor. Qashqadaryodan Sirdaryoga yordam jo‘natilyapti (foto)
Qashqadaryo xalqi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishidan aziyat chekkan Sirdaryo xalqiga yordam jo‘natishga hozirlanmoqda.

Suv omborining o‘pirilishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishidagi moddalar bo‘yicha qanday javobgarlik belgilangan?
Joriy yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingan edi.

«Sardoba» o‘pirilishi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergovni DXX olib boradi
«Sardoba» suv omborining o‘pirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilmayotgani xususida fikrlar bildirilayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi tomonidan ma’lum qilinishicha, bu borada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qozog‘iston qishloqlarini suv bosishda davom etyapti
Bugun, 3 may kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 8:00 da Maqtaaral tumanidagi O‘rgebas aholi punktini suv bosgan.

Nima uchun haligacha «Sardoba»dagi falokat bo‘yicha jinoyat ishi ochilmadi?
Qoida bo‘yicha, bunaqa vaziyatlarda prokuratura o‘sha zahoti jinoyat ishi ochishi kerak. Ayni muayyan bir shaxslarga emas, umumiy holatga nisbatan.

Sirdaryoga 200dan ziyod tibbiyot xodimi safarbar etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida ruy bergan ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga ko‘maklashish maqsadida tezkor ravishda tibbiyot xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident suv toshqiniga duch kelgan mahallalarga bordi (foto)
Davlatimiz rahbari suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan Sardoba tumanidagi Navoiy mahallasini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev to‘g‘onni tiklashga ko‘rsatma berdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda vaziyat sababli ushbu hududda bo‘lib turibdi.

Sirdaryodagi toshqin hududida qolib ketgan o‘nlab insonlar qutqarildi – FVV
Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori toshqini epitsentriga aylangan hududdan navbatdagi ma’lumotlar taqdim qilindi.

Sardobadagi hodisa boshqa joyda qaytarilmasligiga kafolat bormi? Vazir o‘rinbosari bilan suhbat
Ma’lumki, 1-may kuni erta tongda Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida joylashgan suv ombori 6 piketida suv chiqishi kuzatildi, bu esa ko‘plab noxushliklarga sabab bo‘ldi.

Sardobalik fermer suv oqizgan ikki qizaloqni qutqarib qoldi
Sirdaryoda suv omborining o‘pirilishidan yuzaga kelgan toshqinda bir fermer suv oqizib borayotgan ikki qizaloqning hayotini saqlab qoldi.

«Sardoba»dan chiqqan suv Qozog‘istonga ham yetib bordi, aholi evakuatsiya qilindi
Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» dambasining o‘pirilishi sababli Qozog‘istonning bir nechta aholi punktlarida suv toshdi.

Andijondan Sirdaryoga insonparvarlik yordam karvoni yuborildi
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida jabrlangan fuqarolar uchun andijonliklar tomonidan insonparvarlik yordami yuborilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.

Sirdaryoda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan qisqa raqamlar ishga tushirildi
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida koll-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Falokat oqibatlari aks etgan video
Bugun, 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining o‘pirilishi natijasida hududda yuzaga kelgan falokat oqibatlari aks etgan video.

Sirdaryoning suv ostida qolgan qishloqlari (foto)
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi.

«Eng katta masala — o‘lim bo‘lmasligi». Prezident Sardobadagi vaziyat haqida gapirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Sardoba» suv omborining o‘pirilgan joyidan suv chiqishi to‘xtadi
Avval xabar berganimizdek, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan edi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan va yon-atrofdagi barcha qishloq hamda mahallalar evakuatsiya qilingan edi.

2 ming odam Yangiyerga evakuatsiya qilindi (foto)
Mirzaobod tumanidan vaqtinchalik evakuatsiya qilingan 2 ming nafardan ziyod aholi Yangiyer pedagogika hamda tibbiyot kollejlari, GulDUning Yangiyer shahridagi pedagogika fakulteti va Yangiyer futbol akademiyasi binosiga joylashtirildi.

«Sardoba» suv ombori dambasidan suv chiqishi kamaygan – FVV qo‘shimcha ma’lumot berdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan edi.

Prezident Sirdaryoga yetib bordi (foto)
Bugun tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Abdulla Aripov suv sizib chiqqan dambaga yetib bordi. Aholi evakuatsiyasi davom etmoqda
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan edi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan va aholi evakuatsiya qilingan.