Andijondan Sirdaryoga insonparvarlik yordam karvoni yuborildi
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida jabrlangan fuqarolar uchun andijonliklar tomonidan insonparvarlik yordami yuborilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.
Bugungi karantin sharoitida, favqulodda hodisa yuz berib Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida qiyinchilikka duch kelgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon viloyati hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyatiga 5 tonna un, 500 kg yog‘, 600 kg go‘sht, 3 tonna kartoshka, 2 tonna guruch va 2 tonna makaron bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar to‘plami hamda 35 mingta tibbiy niqob, 10 ming dona bir martalik idishlar, 145 mingdan ziyod kiyim-kechak mahsulotlari yuborildi.
Ushbu hududdagi favqulodda holatni bartaraf etishda ko‘maklashish hamda sinovli kunlarda aholining og‘irini yengil qilish maqsadida yana zarur bo‘lgan yordam uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
«Biz qiyinchilik sharoitidagi vatandoshlarimizni hamisha qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatishga tayyormiz», — deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter