Sardobaliklarga oziq-ovqat yetib boryaptimi? Ularga ko‘p qavatli uy kerakmi?

7 -10 may kunlari «Mikrofon ko‘targan ayol» kanaliga Sardoba fojeasidan jabr chekkanlardan biri murojaat qildi. Longrid bo‘lgani uchun alohida sahifada e’lon qilinmoqda. Murojaatchi ikki muhim masalani o‘rtaga tashlayapti:
1. Yuborilgan moddiy yordamlarning taqsimoti samarali yo‘lga qo‘yilishi shart. Qayerdadir oziq-ovqatlar uvol bo‘layotgani, qayerdadir yetmayotgani, yana qayerdadir esa omborga solinib, oziq-ovqat zahiramiz bor, deb ko‘rsatish uchun asrab o‘tirilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqda ko‘p o‘qiyapmiz, borganlardan eshityapmiz.
2. Sardobaliklar — yerlik xalq. Ularni yer, chorva boqadi. Ko‘chada qolgan aholini uy-joylarga ko‘chirish uchun ko‘p qavatli uylar qurilayotgani tezkor choradir. Ammo davlat keyinchalik ikki marta xarajatga tushmasligi va muhimi, jabrlangan aholi rozi bo‘lishi uchun tanlov imkonini berish kerak. O‘z yeriga uy rostlashni istasa, kompensatsiya to‘liq berilishi shart. Suhbatimizning to‘liq matni bu yerda va uni o‘qib chiqishingizga umid qilaman.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter