Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba suv omborini loyihalashtirgan va qurgan mas’ullarga sud hukmi o‘qildi

Sardoba suv omborini loyihalashtirgan va qurgan mas’ullarga sud hukmi o‘qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

2022 yil 12 sentyabr kuni Toshkent shahar sudida Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga mas’ul bo‘lgan shaxslarga oid jinoyat ishi yuzasidan 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi.

Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi. 

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchilarning

- 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,

- 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,

- 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari,

- 1 nafariga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari

- 2 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,

- 23 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 dan 550 gacha baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi.

Ushbu hukm ustidan apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkumlar va fuqaroviy da’vogarlar esa hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi orqali Oliy sudga berilishi mumkin.

Ta’kidlash lozimki, 2021-yil  10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Sardoba ishiga aloqador sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi)ga nisbatan sud hukmi e’lon qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring