Toshkentda 9 yoshli qizni urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

2024-yil 19-sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumani hududida BYD mashinasini boshqarib ketayotgan ayol yo‘ldan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani va 9 yoshli qizcha olgan tan jarohatlari sabab vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
JIB Sergeli tuman sudida mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ko‘rib chiqildi.
Sud hukmi bilan haydovchiga nisbatan 2 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter