Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sud raisi YTHga uchrab vafot etdi

Samarqandda sud raisi YTHga uchrab vafot etdi

17-iyun, seshanba  kuni soat 20:30 larda Samarqand viloyati Urgut tumani Bog‘ishamol mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 61-kilometrida «KamAZ-53212» rusumli yuk avtomashinasi va «Nexia 3» rusumli yengil avtomashina to‘qnashuvi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

YTH natijasida «Nexia 3» boshqaruvida bo‘lgan Urgut tuman sudining raisi  T. Rustamov (1986-yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari  olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring