Nima uchun haligacha «Sardoba»dagi falokat bo‘yicha jinoyat ishi ochilmadi?

Suv toshqini hududida qolib ketgan aholi qutqarilmoqda.
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev nima uchun haligacha «Sardoba» suv omboridagi falokat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilmayotganiga urg‘u berdi.
«Buning sababi hali jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaganligidami yoki ish ochilganu hali xabar berishga ulgurilmadimi?
Qoida bo‘yicha, bunaqa vaziyatlarda prokuratura o‘sha zahoti jinoyat ishi ochishi kerak. Ayni muayyan bir shaxslarga emas, umumiy holatga nisbatan.
Suv omborini qurganlar, uni «texnik jihatdan mukammal» deb qabul qilib olganlar so‘roqqa tortilishi, agar qurilish jarayonida suiiste’molchilik yoki beparvoliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlansa, unda barcha aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi kerak. Buni men o‘zimcha aqllilik qilib talab qilayotganim yo‘q, bu shunchaki O‘zbekistonda amalda bo‘lib turgan qonunlarning talabi xolos.
Jinoyat ishi haqida xabar qachon chiqarkin, qani kutaylikchi...» – deb yozadi bloger.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Buxoroda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlari yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter