Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Qashqadaryodagi yashirin sexni fosh etdi

Prokuratura Qashqadaryodagi yashirin sexni fosh etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shahrisabz tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro I.K. “Yangi qishloq” MFY hududidagi noturar binoda yashirin ravishda yog‘ ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu binodan 550 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 53 kg. chigit, qo‘lbola juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring